22:30 / 15.08.2018
8 155

«U o‘ldiradi». UFC sobiq chempioni Nurmagomedov-Makgregor jangi haqida gapirdi

«U o‘ldiradi». UFC sobiq chempioni Nurmagomedov-Makgregor jangi haqida gapirdi
Mutlaq jangchilar chempionatining (UFC) og‘ir vazn toifasidagi sobiq chempioni Fabrisio Verdum rossiyalik Habib Nurmagomedov va irlandiyalik Konor Makgregor o‘rtasidagi jang arafasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Afsonaviy braziliyalikning so‘zlariga ko‘ra, Nurmagomedov jangda mutlaq ustunlik bilan g‘alaba qozonishi kerak.

«Habib g‘alaba qozonadi. U Konorni o‘ldiradi. Bu aniq. U juda ko‘p mashq qilmoqda va juda baquvvat yigit», - deya sportchining so‘zlarini keltiradi TMZ.

Nurmagomedov - Makgregor jangi 6 oktyabr kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq UFC jangchisi Makgregor bilan bahs oldidan Nurmagomedov qo‘rqayotganini aytgandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «U o‘ldiradi». UFC sobiq chempioni Nurmagomedov-Makgregor jangi haqida gapirdi