09:00 / 17.08.2018
2 009

Turkiyadagi riteylerlar iPhone’ga buyurtma qabul qilishni to‘xtatishdi

Turkiyadagi riteylerlar iPhone’ga buyurtma qabul qilishni to‘xtatishdi
Turkiyadagi yirik riteylerlar mijozlardan Apple kompaniyasining iPhone smartfonlariga buyurtma qabul qilishni to‘xtatishdi. Bu haqda Kun.uz nashri yozmoqda.

Nashrning ma’lumot berishicha, Istanbuldagi eng yirik elektronika importyorlaridan biri bo‘lgan Dogubank savdo maydonchasi qiymati 50 million dollarga yaqin bo‘lgan iPhone smartfonlariga buyurtmani bekor qilgan. Smartfonlar Turkiyaga oktyabr va noyabrda keltirilishi lozim edi.

Istanbuldagi yana qator firma va bozorlar ham Apple mahsulotlaridan tashqari, AQSHda ishlab chiqarilgan boshqa turdagi elektronika mahsulotlariga buyurtmalar qabul qilmayapti.

Sabah gazetasining xabar berishicha, iPhone’ga buyurtma berish Turkiyaning Osiyo qismida to‘xtatilgan. Aksariyat riteylerlar Amerikadagi elektronika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kompaniyalar bilan shartnomalarni bekor qilishmoqda yoki tuzatish kiritishmoqda. Ko‘plab sotuvchilar peshtaxtalardan Amerika mahsulotlarini olib tashlashgan.

Mahalliy sotuvchilar hukumat bilan hamjihatlik belgisi sifatida ana shunday choraga qo‘l urishdi. 14 avgust kuni Erdo‘g‘an “Turkiyaga qarshi iqtisodiy urushni boshlaganlar uning uchun to‘lov to‘lashi kerak”ligini ta’kidladi.

AQSH harakatlariga ehtimoliy javob sifatida Erdo‘g‘an Amerika elektronika mahsulotlarini boykot qilish va milliy ishlab chiqaruvchilarni rivojlantirish haqida gapirdi.

“Biz chet el valyutasiga sotib olinayotgan narsalardan yaxshiroq mahsulotlarni ishlab chiqaramiz va sotamiz. Biz Amerika elektronikasini boykot qilamiz”, - dedi Erdo‘g‘an va “Ularda iPhone bo‘lsa, boshqa tomondan Samsung ham bor”, - deya qo‘shib qo‘ydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Turkiyadagi riteylerlar iPhone’ga buyurtma qabul qilishni to‘xtatishdi