10:40 / 18.08.2018
3 675

Mirjalol Qosimov: “Birinchi bo‘limda ”So‘g‘diyona“ nozik jihatlarimizdan foydalandi”

Миржалол Қосимов: "Биринчи бўлимда "Сўғдиёна" нозик жиҳатларимиздан фойдаланди"
“Bunyodkor” bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov Superliganing 22-turi doirasida “So‘g‘diyona”ga qarshi uchrashuvdan keyingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Ikki hil bo‘limni kuzatdik. Birinchi bo‘limda o‘yinimiz o‘xshamadi. Raqiblar nozik joylarimiz bo‘lgan standart vaziyatlardan gollar urishdi. Ikkinchi taymda esa shogirdlarim men kutgan o‘yinni namoyish qilishdi. Bahsni yutib ketishimiz mumkin edi. Ikkinchi bo‘lim muxlislarga yoqdi deb o‘ylayman. Durang ikki jamoa uchun ham yaxshi natija bo‘ldi.

Ruhiy tayyogarlik? O‘ziga yarasha ta’sir qiladi. Kimdur buni tushunishi mumkin, kimdur esa jadvalga qaraydi. Issiq-sovuqqa qarab deyishadiku. Shunga qaramasdan, ikkinchi bo‘limda g‘alaba uchun o‘ynaganimiz ko‘rindi", - dedi Qosimov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mirjalol Qosimov: “Birinchi bo‘limda ”So‘g‘diyona“ nozik jihatlarimizdan foydalandi”