16:38 / 19.08.2018
3 228

O‘zbekiston va Tailand boshlang‘ich tarkiblarni e’lon qildi

O‘zbekiston va Tailand boshlang‘ich tarkiblarni e’lon qildi
Bugun, 19 avgust kuni O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Indoneziyadagi Osiyo o‘yinlarining 3-turida Tailand terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Ravshan Haydarov avvalgi turlarda asosiy tarkibda bo‘lgan Dostonbek Hamdamov va Abbos Otaxonov kabi futbolchilarga dam berishga qaror qilgan.

Natijasi u qadar ahamiyatsiz bo‘lgan uchrashuvga Bagordagi “Pakansari” stadioni mezbonlik qiladi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanadi.

Birinchi va ikkinchi turlarda o‘zbekistonlik futbolchilar Bangladesh va Qatar olimpiyachilarini mos ravishda 3:0 va 6:0 hisoblarida mag‘lubiyatga uchratib, muddatdan avval guruhda birinchi o‘rinni egallagan holda pley-off bosqichi masalasini hal qilishgandi.

Tailand: 1. Kvanchai Suklom, 2. Pavi Tantxamiti, 3. Suriya Singmuy, 5. Shinnapxat Liaox, 6. Pitivat Sukjitxummakul, 7. Noppon Pxonkam, 8. Vorachit Kanisrimbupen, 9. Chnerop Sampaodi, 10. Chaiyavat Buran, 12. Rattanakorn Maikami, 19, Supachok Sarachat.

O‘zbekiston: 1. Botirali Ergashev, 2. Rustamjon Ashurmatov, 3. Xojiakbar Alijonov, 4. Akramjon Komilov, 6. Jaloliddin Masharipov, 7. Odiljon Xamrobekov, 9. Zabihillo O‘rinboyev, 10. Javohir Siddiqov, 14. Ikromjon Aliboyev, 15. Azizbek Turg‘unboyev, 20. Dostonbek Tursunov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston va Tailand boshlang‘ich tarkiblarni e’lon qildi