17:07 / 20.08.2018
5 399

Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston umumjamoa hisobida nechanchi o‘rinda bormoqda?

Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston umumjamoa hisobida nechanchi o‘rinda bormoqda?
Xabaringiz bor shu kunlarda Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida 18-Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda.

Quvonarlisi, hamyurtlarimiz musobaqaning ilk kunlaridanoq birin-ketin medallar qo‘lga kiritishni boshlab yuborishdi. Dastlab erkin kurashchilarimiz 2ta bronza va 1ta oltin medalni naqd qilishgan bo‘lishsa, bundan biroz avval Ushuning ikki kurash turi bo‘yicha sportchimiz Darya Latisheva kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Shunday qilib, hozircha terma jamoamiz delegatsiyasi hisobida jami 4ta medal mavjud va ular umumjamoa hisobida 6-o‘rinni egallab turishibdi. Bu borada bizdan yuqorida faqatgina Xitoy, Yaponiya, Koreya, Eron va mezbon Indoneziya bormoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston umumjamoa hisobida nechanchi o‘rinda bormoqda?