20:55 / 21.08.2018
3 045

Ismoil Gonsalvesh: «Paxtakor» chempionlik uchun kurashadi

Ismoil Gonsalvesh: «Paxtakor» chempionlik uchun kurashadi
"Nasaf"ga qarshi o'yindagi xet-trik bilan Superliga to'purariga aylanib olgan «Paxtakor» klubi hujumchisi Ismoil Gonsalvesh uchrashuv va mavsum xususida fikrlarini aytib o'tdi.

- O'yinda ishqibozlarimizni chiroyli g'alaba bilan xursand eta oldik. Bellashuvni nazorat qildik va vaziyatlardan unumli foydalandik. Bilmadim, bu mavsumdagi eng yaxshi o'yinimmi yoki yo'q, ammo biz har doim bor kuchimizni berishga urinamiz.

Xet-trikka erishganimda jamoadoshlarimning hissasi ulkan bo'ldi. Ular menga shunday imkoniyat yaratib berishdi. Jamoaviy o'yin va g'alaba eng muhim narsa. Yakunda chempion bo'lishimiz barchasidan kerakliroq turadi.

Keyingi bosqichni "oltin ochkolar" bilan boshlashimizni bilganimda hayron bo'lgandim. Ammo format shunday va shu bo'yicha o'ynaymiz. Oldimizga chempionlik maqsadini qo'yganmiz. Ushbu niyat yo'lida olg'a qadam bosishda davom etamiz. Ikkinchi bosqichda barcha raqiblarni mag'lubiyatga uchratishga harakat qilamiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ismoil Gonsalvesh: «Paxtakor» chempionlik uchun kurashadi