23:43 / 22.08.2018
3 386

Qozog‘istonlik sportchi OAVni tanqid qildi va O‘zbekistondan ibrat olishga chaqirdi

Qozog‘istonlik sportchi OAVni tanqid qildi va O‘zbekistondan ibrat olishga chaqirdi
Qozog‘istonlik aralash yakkakurashlar jangchisi Kuat “Nayman” Xamitov Qozog‘iston telekanallarini keskin tanqid qildi.

U ommaviy axborot vositalari 2018 yilgi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etayotgan qozog‘istonlik sportchilarning chiqishlarini yoritmayotganligini bildirdi. Sportchi O‘zbekistondan ibrat olish darkor, deb hisoblamoqda.

Osiyo o‘yinlari boshlangunga qadar Qozog‘istonning birorta ham telekanali musobaqalarni translyatsiya qilish huquqini qo‘lga kiritmaganligi ma’lum bo‘lgandi.

“Shu kunlarda Indoneziyada Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda, biz esa musobaqalarni bemalol tomosha qilib, yigitlarimiz uchun ishqibozlik qila olmayapmiz! Sportchilarimiz mamlakat sha’nini himoya qilish uchun jonlarini jabborga berishmoqda, davlatimizning esa buni jonli efirda ko‘rsatishga qurbi yetmaydi! Bizga KazSport va boshqa kanallarning nima keragi bor!? Agarda jahon miqyosidagi mana shunday musobaqalarni namoyish eta olmasangiz! Yo‘q, buning o‘rniga ular hech kim ko‘rmaydigan 45-yildagi futbolni ko‘rsatishlari kerak! O‘zbek birodarlarimizdan ibrat oling! Agarda bularning barchasini jonli efirda ko‘rsata olganimizda, qancha bolalarni sportga jalb qilishimiz mumkin edi, ayniqsa ularning bari hozir yozgi ta’tilda bo‘lsa! Bizda hamma narsa aksincha qilinadi! Qancha chidash mumkin!” - deb yozdi Xamitov o‘zining Instagram’dagi akkauntida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Qozog‘istonlik sportchi OAVni tanqid qildi va O‘zbekistondan ibrat olishga chaqirdi