15:15 / 24.08.2018
3 929

Osiyo o'yinlari. Bugun bokschilarimiz bahslarga kirishadi

Osiyo o'yinlari. Bugun bokschilarimiz bahslarga kirishadi
Indoneziya poytaxti Jakartada davom etayotgan Osiyo o'yinlarining boks bellashuvlariga bugun, 24 avgust kuni start beriladi.

Boks bellashuvlarining ilk kungi janglarida ikki nafar hamyurtimiz ringga ko'tariladi. Bu bokschilar o'z ishtiroklarini saralash bahslaridan boshlaydi.

+69 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Bobo-Usmon Boturov birinchi jangini mo'g'ilistonlik Otganbayar Byamba-Erdenega qarshi o'tkazadi.

Vakilimiz ishtirokidagi ikkinchi qarama-qarshilikda Yodgoroy Mirzaeva -57 kg vaznda Xitoy Taypeyi vakili Xsiaoven Xuangni sinovdan o'tkazadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo o'yinlari. Bugun bokschilarimiz bahslarga kirishadi