22:17 / 25.08.2018
3 233

“Oʻzgacha”ning “oʻzgacha” intervyusi – muammo nimada?

“Oʻzgacha”ning “oʻzgacha” intervyusi – muammo nimada?
“Qizil iblislar” bosh murabbiyi kecha Mauritsio Pochettino jamoasiga qarshi uchrashuv oldidan bergan intervyusida jurnalistlar bilan qoʻrs muomalada boʻldi.

Premyer Liga murabbiylari jurnalistlarning oʻtkir savollaridan qoʻrqqan holda tez-tez matbuot anjumanlariga odatdagi vaqtdan biroz kechikib kelishadi.

Biroq “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Joze Mourino juma kuni tashkil etilgan OAV bilan matbuot anjumaniga belgilangan vaqtdan yarim soat oldin keldi. Keyin esa qisqa va mujmal javob qaytarib toʻrt daqiqadan keyinoq matbuot anjumanini tark etdi.

Portugaliyalik murabbiy soʻnggi vaqtlarda klubning transfer bozoridagi siyosatiga aralashuvi ortidan munosabatlar chigallashib bormoqda. “Real”ning sobiq murabbiyi bunda klub direktori Ed Vudvordni ayblamoqda. Shu sababli koʻpchilik tez orada klub va bosh murabbiy oʻrtasida uzilish roʻy berishini taxmin qilmoqda.

Shunga qaramay Mourino Vudvord bilan munosabatlarida hech qanday muammo yoʻqligini aytmoqda. Biroq uning javobi masalani yanada chigallashtirib yubormoqda.

Unga Vudvord bilan oʻrtasidagi munosabatlar yaxshiligi haqida soʻralgan savolga, “oʻzgacha” “albatta” deya javob bergach, darhol “yoʻq” deya javob qaytaradi.

Shuningdek, Mourinoning klub yarim himoyachisi Pol Pogba bilan munosabatlari ham yangi mavsum oldida hal qilinishi kerak boʻlgan masalaga aylangan. Ular OAV orqali bir-biri bilan gap aytishib yurishibdi.

Ushbu yozda Fransiyaga Jahon Chempionati bosh sovrinini yutishida katta hissa qoʻshgan yarim himoyachi “Lester”ga qarshi bahs oldidan yana bir marta barchani oʻziga qaratdi: “Men aytishim, yoki aytmaydigan gaplar bor.” Pogba bu gaplarni jurnalistlarning unga klubda oʻzini qanday his qilayotgani haqida berilgan savolga javob tariqasida aytgan.

Dushanba kungi “Tottenxem”ga qarshi bahs oldidan Mourino matbuot anjumanida ancha keskir boʻldi.

Pogbaning klubdagi vaziyatiga aytgan gaplari haqida portugaliyalik murabbiyning izohini soʻrashganida, u Pol buni aytgan boʻlsa, bu gaplari uchun uning oʻzi javob qaytarishi kerak, degan fikrda.

“Agarda Polning soʻzlari boʻyicha tushuntirish istayotgan boʻlsangiz, uni toping va bu haqida undan soʻrang.”

MYU “Tottenxem”ni soʻnggi turda “Brayton”dan uchralgan magʻlubiyatdan keyin oʻz uyida qabul qiladi. Xabaringiz bor, “qizil iblislar” 2-turda 3-2 hisobida Kris Xyuton jamoasiga magʻlub boʻlgan edi.

Mourino va uning jamoasi bunday natijadan keyin keskin tanqid ostiga olindi. Biroq klub bosh murabbiyi tashqaridan boʻlayotgan fikrlarga qiziqmasligini taʼkidladi.

“Lester”ga qarshi yaxshi oʻynadik, yutdik, “Brayton”ga qarshi yomon oʻynadik, yutqazdik. “Tottenxem”ga qarshi yaxshi oʻynashni va yutishni istayman.” – deydi Mou.

Ushbu matbuot anjumanida shuningdek, soʻnggi vaqtlarda asosiy muammoga aylanayogan himoyachilar masalasi yana oʻrtaga qoʻyildi. Boisi klub markaziy himoyani kuchaytirish maqsadida yangi vakillarni olib kelishni juda istagandi.

Tobi Alderveyreld va Harri Maguayr MYU qiziqish doirasida edi. Biroq ularning hech biri jamoaga kelmadi.

Koʻrinib turibdiki, portugaliyalik murabbiy klubning ushbu transfer bozoridagi siyosatidan hamon norozi va bu holat mavsum davomida oʻzining salbiy taʼsirini namoyon qilishi mumkin. Klub mutasaddilari va Mourino tezroq bu masalani jamoaga taʼsir qilmasidan yuzma-yuz hal qilib olishlari shart. Aks holda ichki nizolar bilan Yevropada oʻzini koʻrsatish tugul, Premyer Ligadayam yuqoriga chiqa olmaydi.
Erkinjon Gʻaybullayev tayyorladi.

Manba: Sports.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Oʻzgacha”ning “oʻzgacha” intervyusi – muammo nimada?