22:08 / 25.08.2018
3 201

“Arsenal” mavsumdagi ilk gʻalabasini qoʻlga kiritdi

“Arsenal” mavsumdagi ilk gʻalabasini qoʻlga kiritdi
Angliya Premyer-Ligasida 3-tur oʻyinlari davom etmoqda. “Arsenal” oʻz maydonida “Vest Hem” klubini qabul qildi va 3:1 hisobidagi irodali gʻalabani qoʻlga kiritdi.

25-daqiqada Arnautovich mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan 5 daqiqa oʻtgach, Monreal hisobni tenglashtirdi. 70-daqiqada Lyakazett tomonidan uzatilgan toʻp mehmonlar himoyachisi Diopga tegib, darvoza toʻriga borib tushdi. Qoʻshimcha daqiqalar davom etayotgan vaqtda esa Uelbek uchinchi golni urdi.

Shu tariqa, “Arsenal” mavsumdagi dastlabki 3 ochkosini qoʻlga kiritdi.

Bu natijadan soʻng, “Arsenal” 3 ochko bilan 12-oʻrinda, “Vest Hem” esa birorta ochko jamgʻarmasdan soʻnggi oʻrinda bormoqda.

APL, 3-tur

Arsenal – Vest Hem 3:1
Gollar:
0:1 – 25 Arnautovich, 1:1 – 30 Monreal, 2:1 – 70, avtogol Diop, 3:1 - 90+2 Uelbek

Arsenal – Chex, Mustafi, Monreal, Belyerin, Papastatopulos, Genduzi (Torreyra, 56), Chaka, Remzi, Mxitaryan, Ivobi (Lyakazett, 46), Obameyang (Uelbek, 75).

Vest Hem – Fabianski, Balbuena, Masuaku, Frederiks, Diop, Snodgrass (Yarmolenko, 75), Felipe Anderson, Antonio (Peres, 63), Sanches, Arnautovich (Ernandes, 59), Uilsher.
Ogohlantirishlar: Diop (41), Frederiks (80).

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Arsenal” mavsumdagi ilk gʻalabasini qoʻlga kiritdi