23:56 / 25.08.2018
3 989

A Seriya. “Yuventus” oʻz maydonida “Latsio”ni magʻlubiyatga uchratdi (FOTO)

A Seriya. “Yuventus” oʻz maydonida “Latsio”ni magʻlubiyatga uchratdi (FOTO)
Italiya chempionatining 2-turida “Yuventus” klubi “Latsio” futbolchilarini qabul qilishdi va 2:0 hisobi bilan uch ochkoni qoʻlga kiritishdi. Oʻyinda Ronaldu toʻliq oʻyinda ishtirok etib gol ura olmadi.

Oʻyinda hisob birinchi boʻlimning 30-daqiqasida kiritildi. Pyanich aniq zarba bilan turinliklarni oldinga olib chiqdi. Ikkinchi boʻlimning oʻrtalarida esa Mario Manjukich mezbonlar ustunligini oshirib oʻz hisobiga gol yozdirib qoʻydi. Ronaldudan golli uzatma.

“Yuventus” 6 ochko jamgʻargan holda musobaqada peshqadam boʻlib turibdi, “Latsio”da esa hali ham ochko yoʻq.

Italiya chempionati
2-tur


“Yuventus” – “Latsio” 2:0
Gollar:
1:0 – 30 Pyanich, 2:0 – 75 Manjukich.

“Yuventus”: Shchensnы, Bonuchchi, Aleks Sandro, Joau Kanselu, Kyellini, Xedira (Bentankur, 85), Pyanich (Jan, 69), Matyuidi, Bernardeski (Duglas Kosta, 60), Ronaldu, Manjukich.

“Latsio”: Strakosha, Acherbi, Radu, Marushich, Uolles, Milinkovich-Savich (Durmisi, 79), Lulich, Luis Alberto (Korrea, 64), Parolo (Badel, 64), Leyva, Immobile.
Ogohlantirishlar: Aleks Sandro (45), Parolo (52), Milinkovich-Savich (66), Duglas Kosta (81), Jan (87).



arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » A Seriya. “Yuventus” oʻz maydonida “Latsio”ni magʻlubiyatga uchratdi (FOTO)