08:31 / 26.08.2018
4 311

Osiyo oʻyinlari. 26 avgust kuni qatnashuvchi sportchilarimiz roʻyxati

Osiyo oʻyinlari. 26 avgust kuni qatnashuvchi sportchilarimiz roʻyxati
Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida boʻlib oʻtayotgan XVIII yozgi Osiyo oʻyinlarining 26 avgust kunidan oʻrin olgan musobaqalarida 18 nafar sportchilarimiz yakkalik va jamoa holda 7 sport turi boʻyicha bahs olib borishadi.

Musobaqalar, ularning Toshkent vaqti bilan boshlanish soatlari hamda unda ishtirok etuvchi sportchilar bilan tanishtiramiz.

Yengil atletika

Ye.Smolyanova. Yadro uloqtirish. 16:30
N.Sharipova. 100 m.ga yugurish. Yarimfinal. 16:30. Final. 19:10
S.Xodjayev. Bosqon uloqtirish. Final. 18:35

Golf. 04:00 – 16:00

K.Kubanaliyev, S.Chen, R.Ten, Ye.Li. Jamoaviy final bosqichi

Karate. WKF

S.Saymatov. 60 kg. Saralashdan – finalgacha. 08:30 – 10:00, 10:00 – 11:00
I.Uzoqov. 67 kg. Saralashdan – finalgacha. 12:00 – 13:30, 15:00 – 16:00
B.Mirzayeva. 61 kg. Saralashdan – finalgacha. 13:30 – 15:00, 19:00 – 20:00

Jiu-jitsu. 07:00 – 10:30, 13:00 – 15:00

M.Sharipov, U.Otamurodov. 77 kg. Saralashdan – finalgacha

Boks

J.Latipov. 52 kg. Saralash. 11:00
Sh.Abdurasulov. 60 kg. Saralash. 12:30
B.Baturov. 69 kg. Saralash. 18:45

Penchak silat

Abdumalik Salimov. 65 kg. Yarimfinal. 08:00

Ogʻir atletika

Omadoy Otaqoʻziyeva. 75 kg. Final. 12:00
Ruslan Nuriddinov. 105 kg. Final. 15:00

25 avgust kuni boʻlib oʻtgan oltinchi kungi musobaqalarda tennischimiz Denis Istomin finalda xitoylik Vu Yibingga qarshi kortga chiqib, taybrekda gʻalaba qozondi — 2:6, 6:2, 7:6.

U Oʻzbekiston tennis jamoasi safida Osiyo oʻyinlarida medal olgan yagona sportchi boʻldi.

Istominning medali Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobidagi beshinchi oltin medal boʻldi. Ayni vaqtda Osiyo oʻyinlari umumiy reytingida Oʻzbekiston delegatsiyasi 5 oltin, 10 kumush va 7 bronza bilan oʻninchi oʻrinda joylashgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo oʻyinlari. 26 avgust kuni qatnashuvchi sportchilarimiz roʻyxati