23:40 / 26.08.2018
3 807

Oʻzbekiston U-18 termasi Fransiya, Belgiya va Shotlandiyaga qarshi oʻynaydi

Oʻzbekiston U-18 termasi Fransiya, Belgiya va Shotlandiyaga qarshi oʻynaydi
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi turli yoshdagi terma jamoalar uchun boʻlajak musobaqalarga munosib tayyorgarlik olib borish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berishda davom etadi.

Otabek Gʻulomxoʻjayev murabbiyligidagi Oʻzbekiston U-18 terma jamoasi oktyabr oyida Ispaniyaning Malaga shahrida oʻtkaziladigan xalqaro musobaqada qatnashadi.

Ushbu musobaqada Oʻzbekiston Oʻzbekiston U-18 terma jamoasi 3 ta bahsda maydonga tushadi. 10 oktyabr kuni birinchi bahsda vakillarimizga Fransiya U-18 terma jamoasi raqiblik qilsa, 13 oktyabr kuni Belgiyaga qarshi bahs olib boriladi. Musobaqadagi soʻnggi oʻyin 15 oktyabr kuni Shotlandiya U-18 terma jamoasiga qarshi boʻlib oʻtadi.

Xalqaro musobaqa
Malaga, Ispaniya

10 oktyabr Fransiya U-18 – Oʻzbekiston U-18

13 oktyabr Oʻzbekiston U-18 – Belgiya U-18

15 oktyabr Oʻzbekiston U-18 – Shotlandiya U-18

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Oʻzbekiston U-18 termasi Fransiya, Belgiya va Shotlandiyaga qarshi oʻynaydi