20:47 / 28.08.2018
3 100

“Tottenxem” nimaning evaziga MYUni “yer tishlatdi”?

“Tottenxem” nimaning evaziga MYUni “yer tishlatdi”?
Premyer Liganing markaziy uchrashuvi kecha “Old Trafford”da boʻlib oʻtdi va unda mehmonlar 40 yil deganda yirik gʻalaba bilan qaytdi. Ushbu bellashuvda “qizil iblislar”ning bir qator muammolari baribir oʻz soʻzini aytdi. Quyida uchrashuv tahlili haqida soʻz yuritamiz.

Mourino shogirdlari uchrashuvni ancha faol tarzda boshlashdi. Birinchi boʻlim ayniqsa ancha shiddatli tarzda kechdi. Xuddi butun mavsum shu yoʻsinda harakat qiladigandek taassurot uygʻotdi. Biroq ularning koʻzlagan maqsadi gʻalaba uchun yetarli boʻlmadi.

Ikkinchi boʻlim boshlarida “Manchester Yunayted” ikki tezkor golni oʻtkazib yubordi va barchasi teskarisiga keta boshladi. Yakunda MYU mavsum startidagi ikkinchi magʻlubiyatini qabul qildi. Uch oʻyinda ular atigi uch ochko jamgʻara olishdi. Mehmonlar tarkibida Lukas Moura har tomonlama porlay oldi.

Qanday qilib “Manchester Yunayted” birinchi boʻlimda yaxshi oʻynab, yakunda magʻlub boʻldi, degan savollar klub muxlislarini oʻylantirmoqda. Bunga esa albatta bir qator javoblar bor.

Mourinoning 3-5-2 sxemasi oʻzini oqlamayapti

Klub “Brayton”ga qarshi uchrashuvdan keyin oʻz oʻyinida oʻzgarishlar qilish kerakligi sezilib qoldi. Mourino mavsumoldi yigʻinlarda ancha ish bergan hujumkor tizim – 3-5-2 ni tanladi.

Ander Errerani himoya chizigʻiga yaqinroq joyga qoʻyib Mourino koʻproq 2-2-4-2 oʻyin sxemasiga yaqin oʻyin namoyish qildi. Bunday uslubda u 2017-yilda Antonio Konte jamoasini “taʼzirini bergandi”. Bu pozitsiyada Errera Lukas Moura yoki Dele Allini qoʻriqlashi kerak edi. U buni Azarga qarshi oʻshanda mohirona bajargan edi.

“Chelsi”ni 2-0 ga yutgan oʻsha uchrashuvda MYU da ikki kishi – Errera va Darmian muhim figura boʻlgan edi. Ular birgalikda londonliklarning toʻrtta (ikki yarim himoyachi va ikki hujumchi) futbolchisini qurolsizlantirishga erishgandi.

“Taqachilar”ga qarshi oʻyinda bu vazifani Erreraning bir oʻzi romb shaklidagi oʻyin sxemasida bajarishiga toʻgʻri keldi. Nemanya Matich esa yarim himoyanng markaziga joylashtirildi. U qarshi bosimni kuchaytirishi zarur edi. MYU ushbu tizimda bir qator xavfli vaziyatlar yaratgan boʻlsada, aniqlik borasida noʻnoqlik qilishdi.

Errera esa Xarri Keyndek hujumchiga qarshi oʻynashning “hadisini olmagan” va oʻtkazib yuborilgan gollarda uning aybi katta boʻldi. Xullas, “oʻzgacha” raqibiga qarshi xato oʻyin sxemasini tanladi.

Lukaku oʻziga oʻxshamayapti

Mourinoning ishonchsizoigi yulduz hujumchisiga ham taʼsir qilmoqda. Lukaku koʻpincha katta uchrashuvlarda oʻzini koʻrsatolmayotgani sababli tanqidlarga uchrab turadi. Biroq bu safar belgiyalik hujumchi ancha yaxshi harakat qilgan boʻlsada, aniq zarba yoʻllashning uddasidan chiqa olmadi.

Ayniqsa, Denni Rouzning xatosidan keyin amalga oshirgan havfli zarbasi ancha yodda qoldi. Agarda oʻsha zarbasini golga aylantirganida balki jamoadoshlarini tushkunlikdan olib chiqqan boʻlarmidi. Keyinroq boshi bilan zarba yoʻlladi. Ikkinchi boʻlimda chap oyogʻi bilan raqib darvozasi tomon zarba yoʻlladi. Ammo bularning bari darvozadan joy olmadi.

Bechora Fil Djons

Mourinoning hadeb himoya chizigʻini tanqid qilaverishi himoyachilar orasida oʻziga boʻlgan ishonchga taʼsir qilgani koʻrinib qoldi. Erik Bayi va Lindelyof safda boʻlganida unga asosiy tarkibga kirish yoʻllari yopilardi. Biroq bu safar aynan u oʻyinni ilk daqiqalardan boshladi.

Bu esa Mourinoning navbatdagi xatosi boʻldi. Garchi birinchi boʻlimda Djons bir qator vaziyatlarda xatoga yoʻl qoʻygan boʻlsada, gol yuz bermadi. Biroq ikkinchi taymda uning xatosi baribir golga sabab boʻldi. Bu holat uning jarohat olguniga qadar davom etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Tottenxem” nimaning evaziga MYUni “yer tishlatdi”?