22:33 / 28.08.2018
4 664

Krishtianu Ronaldu - birinchi marta Yevropaning eng chiroyli goli muallifi (video)

Krishtianu Ronaldu - birinchi marta Yevropaning eng chiroyli goli muallifi (video)
UYEFA Yevropa futbolining 2017/18 yillar mavsumidagi eng chiroyli golini aniqladi. Unga koʻra, YECHL yarim finalidagi portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning “Real” safida “Yuventus” darvozasiga urgan goli eng yaxshi deya eʼtirof etildi.

Ushbu eʼtirof UYEFA rasmiy saytidagi soʻrovnoma natijalariga asoslanadi. 2 hafta davom etgan ovoz berish jarayonida UYEFA bayrogʻi ostidagi 11 ta musobaqa oʻyinlari orasidan tanlab olingan 11 ta gol varianti taqdim etilgan edi. Soʻrovnomaga jami 349 915 ovoz kelib tushgan boʻlib, shundan deyarli 200 000 tasida gʻolib nomzod qoʻllab-quvvatlangan.

Eslatib oʻtamiz, ayni paytda “Yuventus” aʼzosi hisoblanuvchi Ronaldu oʻtgan haftada bergan intervyularidan birida aynan ushbu golini faoliyatidagi eng chiroylisi deb hisoblashini aytib oʻtgandi.

Eng koʻp ovoz toʻplagan gollar:
1. 197 496 ta ovoz - Krishtianu Ronaldu (“Yuventus” – “Real”, Chempionlar ligasi)
2. 35 558 ta ovoz - Dimitri Payet (“Marsel” – “RB Leypsig”, Yevropa ligasi)
3. 23 315 ta ovoz - Eva Navarro (Germaniya – Ispaniya, 17 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati)

Yevrofutbolning eng chiroyli gollari mualliflari:
2014/15 – Lionel Messi. 06.05.2015 dagi “Barselona”-“Bavariya” (3:0) oʻyinidagi gol
2015/16 – Lionel Messi. 24.11.2015 dagi “Barselona”-“Roma” (6:1)
2016/17 – Mario Manjukich. 03.06.2017 dagi “Yuventus”-“Real” (1:4)
2017/18 – Krishtianu Ronaldu. 03.04.2018 dagi “Yuventus”-“Real” (0:3)

Bu yil ovozga qoʻyilgan gollar oʻnligi:
[media=https://youtu.be/PLk5zdRHzQQ]

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Krishtianu Ronaldu - birinchi marta Yevropaning eng chiroyli goli muallifi (video)