10:55 / 30.08.2018
3 623

Son Xyon Min oltin medal olmasa nima boʻladi? Armiyaga ketadimi?

Son Xyon Min oltin medal olmasa nima boʻladi? Armiyaga ketadimi?
“Tottenxem” hujumchisi Son Xyon Minning kelajagi Indoneziyadagi Osiyo oʻyinlarida ishtirok etayotgan Janubiy Koreya terma jamoasi natijasiga bogʻliq.

Gap shundaki, futbolchi hozirgacha harbiy xizmatni oʻtamagan. Osiyo oʻyinlaridagi oltin medal esa uni armiyadan saqlab qolishi mumkin. Shunday ekan hujumchi ushbu musobaqada gʻolib chiqish uchun bor kuchini ishga solmoqda. Janubiy Koreya terma jamoasi 1 sentyabr kuni final oʻyinini oʻtkazadi. Agar jamoa muvaffaqiyatsizlikka uchrasa Son butsalarini harbiy etikka, millionlik maoshini esa 150 dollarlik oylikka almashtirishiga toʻgʻri keladi.

Nega?

Janubiy Koreya qonunlariga koʻra, 18dan 35 yoshgacha boʻlgan har bir erkak 21 yoki 24 oylik harbiy xizmatni oʻtashi kerak. Futbolchilar uchun baʼzi imkoniyatlar joriy qilingan. Birinchidan, ular 28 yoshgacha armiyaga borishlari kerak. Ikkinchidan, harbiy xizmatdan qutulib qolish uchun Olimpiada yoki Osiyo oʻyinlari oltin medalini qoʻlga kiritish lozim. Futbolchi shundagina 4 haftalik harbiy yigʻinlarda ishtirok etadi va harbiy xizmatni oʻtamaydi.

Son hozir Osiyo oʻyinlarida gʻalabaga erishmoqchi. Bu armiyadan qutulib qolish uchun soʻnggi imkoniyat, aks xolda u Angliya bilan xayrlashishiga toʻgʻri keladi.

Pak Ji Sun harbiy xizmatni oʻtamagan-ku? Nega?

U 2002 yilda Janubiy Koreya terma jamoasi bilan mundialda muvaffaqiyatli ishtirok etgan. Oʻshanda Gus Xiddink qoʻl ostidagi jamoa JCHda toʻrtinchi oʻrinni egallab, sensatsiya qayd etgan edi.

Nega Son Xyon Minni avvalroq armiyaga olib ketishmagan?

Janubiy Koreya qonunlariga koʻra, mamlakat erkaklari 35 yoshgacha harbiy xizmat uchun ariza topshirishlari mumkin (sportchilar 28 yoshgacha). Son 2014 yilda armiya masalasini hal qilishi mumkin edi. Oʻsha yili Janubiy Koreya terma jamoasi Osiyo oʻyinlari gʻolibiga aylangan, biroq uning klubi (“Bayer”) futbolchini ushbu musobaqaga qoʻyib yubormagan. Bu safar “Tottenxem” uning iltimosini qabul qildi.

Harbiy xizmatga olib ketishsachi?

Hammasi juda yomon emas. Son harbiy xizmat oʻrniga futbol klubida faoliyatini davom ettirishi mumkin. Koreya chempionatidagi ikki jamoada harbiylar toʻp tepadi: Biri armiyaniki (“Sanju Sanmu”), ikkinchisi - politsiyaniki (“Asan Mugunxva”).

Bu klublarda faqat eng kuchli futbolchilar oʻynashi mumkin. Harbiy xizmatga borayotgan eng yaxshi futbolchilarni tanlab olishadi, biroq ular harbiy tayyorgarlikni ham bajarishadi. Bu majburiy.

Ushbu klublarda oʻynayotgan harbiylar yirik turnirlarga borishi mumkin. Masalan, “Sanju Sanmu”ning ikki futbolchisi - Xon Chol va Kim Min U Rossiyadagi mundialda ishtirok etishdi.

Yana bir narsa: Harbiy yoki politsiya jamoasiga oʻtish uchun kamida yarim yil Koreya chempionatida oʻynash kerak. Janubiy Koreyada armiyadan qochib qolish katta sharmandalik hisoblanadi. Bunday ishga qoʻl urganlar jiddiy jazolanishadi (qamoq jazosi). Harbiy xizmatga bormaganlar ish topishi, uylanishi juda qiyin boʻladi.

Harbiy xizmatdan qutulishning boshqa yoʻllari yoʻqmi?

Bor, albatta, fuqarolikni almashtirish mumkin, ammo hozirgacha bunday ishga qoʻl urganlar “koʻkarmadi”. 2002 yilda model Yu Son Chun armiyaga bormaslik uchun AQSH pasportini oladi. Biroq kutilmaganda uning ishlari yomonlashadi va Janubiy Koreya hukumati unga mamlakatda ishlashga ruxsat bermaydi.

Shunday ekan, Son Xyon Minda faqat ikkita yoʻl bor: Final gʻolib chiqib, oltin medalni qoʻlga kiritish yoki ikki yillik harbiy xizmatni oʻtash.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Son Xyon Min oltin medal olmasa nima boʻladi? Armiyaga ketadimi?