01:13 / 30.08.2018
4 015

Tailandlik bokschi yengilmas Meyvezer rekordini ortda qoldirdi

Таиландлик боксчи енгилмас Мэйвэзер рекордини ортда қолдирди
Tailandlik bokschi Vayenxong Menayotin professional ringda birorta magʻlubiyatga uchramay, 51-gʻalabasini qoʻlga kiritdi. 32 yoshli sportchi bu borada amerikalik bokschi Floyd Meyvezerning rekordini yangiladi.

Menayotin 29 avgustda filippinlik Pedro Tadurana magʻlub qilib, 47,62 kggacha vazn toifasida WBC chempionlik kamarini himoya qila oldi.

Menayotinning hisobida 51 ta jangdan 51 ta gʻalaba bor. Amerikalik esa faoliyatida 50 ta jangdan 50 tasida zafar quchib, hamyurti Rokki Marchianoning magʻlubiyatsiz janglar boʻyicha rekordini yangilagandi. Marchiano 1940 yildan 1950-yillargacha boʻlgan davr ichida ketma-ket 49 ta gʻalabani qoʻlga kiritgan.

Menayotin 2014 yil noyabrda WBC chempioni kamarini yutgan. Bokschi barcha janglarini ona vatani – Tailandda oʻtkazgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Tailandlik bokschi yengilmas Meyvezer rekordini ortda qoldirdi