19:58 / 30.08.2018
2 676

Ivan Rakitich: “Xorvatiyani JCH-2018da butun dunyo yoqtirib qoldi, bu 1000ta gʻalabadan yaxshi”

Иван Ракитич: "Хорватияни ЖЧ-2018да бутун дунё ёқтириб қолди, бу 1000та ғалабадан яхши"
“Barselona” klubi yarim himoyachisi Ivan Rakitich Xorvatiya terma jamoasining JCH-2018dagi ishtiroki haqida gapirib oʻtdi.

“Eng yoqimlisi shuki, bizni butun dunyo yoqtirib qoldi. Bu 1000ta gʻalabadan yaxshiroq.

Ushbu musobaqada siz turli bosimlarda toblanasiz va shu bilan birga sizni ruhlantirishadi ham.

Mundialda ishtirok etgan boshqa mamlakatlarga hurmat saqlagan holda shuni aytmoqchimanki, bundan eʼtirof Xorvatiyadek kichkina davlat uchun ulkan natija”, - deydi Rakitich.

Eslatib oʻtamiz, Zlatko Dalich boshchiligidagi Xorvatiya terma jamoasi finalga qadar yetib borib, hal qiluvchi oʻyinda Fransiyaga imkoniyatni boy berib qoʻyishgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ivan Rakitich: “Xorvatiyani JCH-2018da butun dunyo yoqtirib qoldi, bu 1000ta gʻalabadan yaxshi”