Angliyaning “Liverpul” klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp YECHL guruh bosqichi uchun tashlangang qurʼa natijalari borasida oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.
“Qizillar” guruhda Fransiyaning PSJ, Italiyaning “Napoli” va Serbiyaning “Srvena Zvezda” jamoalariga qarshi bahs olib boradigan boʻlishdi.
"Men qiyin guruh kutgan edim va shunday boʻlib chiqdi. Aslida YECHLda boshqachasi boʻlmaydi. Bu jahonda klublar miqyosidagi eng kuchli turnir va doimo kuchli jamoalar qatnashadi.
PSJ - dunyodagi eng qiziqarli jamoalardan biri. Oʻylashimcha, ularning maqsadlari chempionlik. Shunday ekan, bizni oldinda ikkitia qiziqarli oʻyin kutib turibdi.
“Napoli” bilan esa mavsum oldi tayyorgarligi jarayonida oʻynab, gʻalaba qozongan edik. Biroq oldindagi uchrashuv umuman boshqacha oʻtadi. Men “Borussiya”da ishlab yurgan vaqtimda Neapolga borganman va u yerda muxlislar qanday qoʻllab-quvvatlashlarini yaxshi bilaman.
“Srvena Zvezda”ning oʻyinini kecha koʻrdim. Ular guruhga chiqishdi va bu jamoaga qarshi oʻyin ham qiziqarli oʻtadi", - dedi germaniyalik mutaxassis. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?