16:12 / 31.08.2018
3 323

Osiyo oʻyinlari. Shunqor Abdurasulov ham finalda

Osiyo oʻyinlari. Shunqor Abdurasulov ham finalda
Foto: Kun.uz
Osiyo oʻyinlarida boks musobaqalarining yarim final janglari davom etmoqda. Oʻzbekistonlik yana bir bokschi final yoʻllanmasini hal qildi.

-60 kg vazn toifasida ringga chiqqan Shunqor Abdurasulov tailandlik Juntrong Rujakranga imkoniyat qoldirmadi - 5:0 (29:28, 30:27, 30:27, 30:27, 29:28).

Endi u finalda moʻgʻulistonlik Erdenebat Sendbattarga qarshi jang qiladi. U Xitoy vakilini magʻlubiyatga uchratib, finalga chiqdi.

Final janglari 1 sentyabr kuni oʻtkaziladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo oʻyinlari. Shunqor Abdurasulov ham finalda