20:30 / 31.08.2018
3 909

Osiyo oʻyinlari. Sherali Joʻrayev Oʻzbekistonga kunning ilk medalini taqdim etdi

Osiyo oʻyinlari. Sherali Joʻrayev Oʻzbekistonga kunning ilk medalini taqdim etdi
Oʻzbekiston dzyudo jamoasi aʼzosi, -100 kg vazn toifasidagi bahslarda ishtirok etgan Sherali Joʻrayev Osiyo oʻyinlari bronza medali sovrindoriga aylandi.

U medal uchun Birlashgan Arab Amirliklari vakili Ivan Remarenkoga qarshi gilamga chiqdi va ippon bahosi bilan gʻalaba qozondi.

Sherali Joʻrayev ilk jangida nepallik raqibidan ustun keldi, ammo u ham chorak finalda moʻgʻulistonlik Lxagvasuren Otgonbatarga yengildi. Shundan soʻng bronza medal uchun bahslarda ishtirok etgan Joʻrayev turkmanistonlik Batir Xojamuxamedovni magʻlub etib, bronza uchun jang qiladigan boʻldi.

Uning bronzasi dzyudochilar jamoasining uchinchi medaliga aylandi. Bungacha -60 kg vazn toifasida Diyorbek Oʻrazboyev oltin, -70 kg vazn toifasida Gulnoza Matniyazova bronza medal olgandi.

Bugungi bahslarda ishtirok etgan oʻzbekistonliklarning yana ikki nafari bronza uchun bahslarda yutqazdi. -78 kg vazn toifasidagi Nodira Yoʻldosheva bronza medal uchun tailandlik Ikumi Oedaga qarshi gilamga chiqib, magʻlub boʻldi. -90 kg vazn toifasidagi Shahzodbek Sabirov esa medal uchun bahsda yaponiyalik Baker Mashuga yutqazdi.

Jamoaning +100 kg vazn toifasidagi vakili Bekmurod Oltiboyev ham bronza uchun bellashadi. Uning raqibi eronlik Javod Mahjud boʻladi.

Ayni vaqtda Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobidagi bronza medallar soni 20taga yetgan. Oʻzbekiston umumiy reytingda 54 medal bilan (15 oltin, 19 kumush va 20 bronza) yettinchi oʻrinda qolmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo oʻyinlari. Sherali Joʻrayev Oʻzbekistonga kunning ilk medalini taqdim etdi