3 864
Isroil Madrimov qiyin jangda gʻalaba qozondi. Oʻzbekistonlik bokschilarning barchasi finalda
Oʻzbekiston boks jamoasining barcha vakillari Osiyo oʻyinlari finalida oʻynaydi.
Oʻzbekiston delegatsiyasi bayroqdori, -75 kg toifasida Osiyo chempioni boʻlgan Isroil Madrimov yarim finalda murakkab jang oʻtkazdi.
Filippinlik Marsial Feliksga qarshi jang davomida Madrimov nokdaun holatiga ham tushib qoldi. Ammo u jangning asosiy vaqtini hujumda oʻtkazdi va yakunda hakamlar Madrimovni gʻolib deb topishdi - 3:2 (27:28, 27:28, 28:27, 28:27, 28:27).
Endi u finalda qozogʻistonlik Abilxan Amanqul bilan oltin medal uchun bahs olib boradi. Qozogʻiston vakili yarim finaldan jangsiz oʻtdi, uning raqibi, hindistonlik Vikash Krishan jangga chiqmadi va unga texnik magʻlubiyat yozildi.
Shu tariqa, Osiyo oʻyinlari finalida oltin medal uchun jang qiladigan oʻzbekistonlik bokschilar soni 7 nafarga yetdi. Bungacha -49 kg vazn toifasidagi Hasanboy Doʻsmatov, -52 vazn toifasidagi Jasurbek Latipov, -56 kg vazn toifasidagi Miraziz Mirzaxalilov, -60 kg vazn toifasidagi Shunqor Abdurasulov, -64 kg vazn toifasidagi Iqboljon Xoldorov hamda -69 kg vazn toifasidagi Bobousmon Baturov final yoʻllanmasini qoʻlga kiritishgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi