23:30 / 31.08.2018
4 227

Oʻzbek sportchilari Osiyo oʻyinlari tarixida yangi sahifa ochishdi

Oʻzbek sportchilari Osiyo oʻyinlari tarixida yangi sahifa ochishdi
Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida Osiyo oʻyinlarining 13-kuni nihoyasiga yetdi.

Kecha musobaqada Oʻzbekiston sport delegatsiyasining Osiyo oʻyinlaridagi medallar sifati boʻyicha rekordi yangilangandi. Bugun terma jamoamizning medallar jamgʻarish boʻyicha yangi rekordi oʻrnatildi.

Shu kungacha bu borada yurtdoshlarimizning eng yaxshi koʻrsatkichi 2010 yili Guanchjou shahrida qayd etilgandi. Oʻsha yili oʻzbek sportchilari 56 ta medal bilan yurtimizga qaytgandilar. Indoneziyadagi Osiyo oʻyinlari yakunlanishiga ikki kun qolganida ushbu rekord ham yangilandi. Bugun vakillarimiz 57-medalni terma jamoamiz hisobiga qoʻshib qoʻyishdi. Bu mustaqil Oʻzbekiston uchun Osiyo oʻyinlaridagi eng yaxshi natija hisoblanadi.

Ammo bu hali hammasi emas. Ertaga, musobaqaning soʻnggi kunida yetti nafar bokschimiz final bahsida oltin medallar uchun ringga koʻtariladi. Musobaqada ishtirok etayotgan bokschilarimizning barchasi hal qiluvchi final bosqichiga yetib kelishdi. Ulardan ham oltin medallarni kutib qolamiz. Shuningdek, baydarka va kanoeda eshkak eshuvchilarimiz final bahslarida ishtirok etishadi. Mazkur yoʻnalishda yurtimiz sharafini himoya qiluvchi sportchilarimizdan ham umidimiz katta. Shunday ekan, bayram davom etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Oʻzbek sportchilari Osiyo oʻyinlari tarixida yangi sahifa ochishdi