13:38 / 01.09.2018
3 632

Osiyo oʻyinlari. Hasanboy Doʻsmatov finalda yutqazdi

Osiyo oʻyinlari. Hasanboy Doʻsmatov finalda yutqazdi
Oʻzbekiston boks jamoasi Osiyo oʻyinlaridagi ilk kumush medalni qoʻlga kiritdi.

Finalda -49 kg vazn toifasi vazn toifasida ringga koʻtarilgan Rio Olimpiadasi chempioni, Osiyo chempioni Hasanboy Doʻsmatov hindistonlik Amit bilan jang qildi.

Murakkab kechgan 3 raundlik jang yakunida hakamlar hindistonlik bokschining 3:2 (29:28, 28:29, 28:29, 29:28, 27:30) hisobidagi gʻalabasini eʼlon qilishdi.

Bu kumush Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobidagi 22-kumush boʻldi.

Bugun yana 6 nafar oʻzbekistonlik bokschi oltin medal uchun ringga chiqadi:

-52kg: Jasurbek Latipov - Rogen Ladon (Filippin)
-56kg: Miraziz Mirzahalilov - Xyo Nam Jo (Shimoliy Koreya)
-60kg: Shunqor Abdurasulov - Sendbaatar Yerdenebat (Moʻgʻuliston)
-64kg: Iqboljon Xoldorov - Chinzorig Baatarsux (Moʻgʻuliston)
-69kg: Bobousmon Baturov - Aslanbek Shimbergenov (Qozogʻiston)
-75kg: Isroil Madrimov - Abilxan Amankul (Qozogʻiston)

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo oʻyinlari. Hasanboy Doʻsmatov finalda yutqazdi