14:11 / 01.09.2018
4 666

Boks: Bobo Usmon Baturov Osiyo oʻyinlarining oltin medali sohibi

Boks: Bobo Usmon Baturov Osiyo oʻyinlarining oltin medali sohibi
Oʻzbekiston boks jamoasi Osiyo oʻyinlarida navbatdagi oltin medalni qoʻlga kiritdi.

-69 kg vazn toifasida oltin medal uchun ringga chiqqan Bobousmon Boturov Qozogʻiston vakili Aslanbek Shimbergenovga imkoniyat qoldirmadi va Osiyo oʻyinlari gʻolibiga aylandi.

Shu tariqa, Oʻzbekiston boks jamoasining oltin medallari soni 4taga yetdi. Bungacha Jasurbek Latipov (-52), Miraziz Mirzaxalilov (-56 kg) va Iqboljon Xoldorov (-64 kg) oltin medallarni qoʻlga kiritishgandi. Hasanboy Doʻsmatov (-49 kg) va Shunqor Abdurasulov (-60 kg) esa finalda yutqazishdi.

Endi -75 kg vazn toifasida Isroil Madrimov oltin medal uchun ringga chiqadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Boks: Bobo Usmon Baturov Osiyo oʻyinlarining oltin medali sohibi