14:15 / 01.09.2018
3 251

Jasurbek Latipov: “Janglar oʻylaganimdan ham qiyinroq kechdi”

Jasurbek Latipov: “Janglar oʻylaganimdan ham qiyinroq kechdi”
2018 yilgi Osiyo oʻyinlarining boks bahslarida -52 vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritgan Jasurbek Latipov taqdirlash marosimidan soʻng Kun.uz muxbiriga qisqacha intervyu berdi.

«Osiyo oʻyinlarining boks bahslari men oʻylaganimdan ham kuchliroq kechdi. Men Osiyo oʻyinlariga birinchi raqamli bokschi boʻlib kelganman, sababi oʻtgan yili Osiyo chempioniga aylandim, Jahon chempionatida esa kumush medalni qoʻlga kiritdim. Bunday raqiblar toʻgʻri keladi, deb oʻylamagandim. Birinchi kuniyoq Olimpiada sovrindori, ikkinchi kuni mezbon bokschi, yarim finalda asosiy raqibim boʻlib kelgan qirgʻizistonlik sportchi, finalda filippinlik kuchli raqib bilan bahs olib bordim.

Bu tayyorgarligimiz, qilgan mehnatlarimiz samarasi boʻldi. Birinchi jangning oxirgi raundlarida jarohat olgandim. Biroq, ringga chiqqan paytda bu jarohat koʻrinmaydi, sababi ringda faqat ona vatan, oilangiz koʻrinadi. Chunki bu bizning nonimiz. Vatanimiz oldida bu jarohat hech narsa emas. Ilk final jangida Hasanboy Doʻsmatovning magʻlub boʻlgani sabab ham qoʻshimcha kuch bilan ringga chiqdim. Gʻalabamni butun Oʻzbekistonga bagʻishlayman», - deydi Osiyo oʻyinlari gʻolibi Jasurbek Latipov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jasurbek Latipov: “Janglar oʻylaganimdan ham qiyinroq kechdi”