17:53 / 01.09.2018
4 347

Terma jamoa katta murabbiyi Hasanboy Doʻsmatov va kashfiyotlar haqida gapirdi

Terma jamoa katta murabbiyi Hasanboy Doʻsmatov va kashfiyotlar haqida gapirdi
Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi katta murabbiyi Toʻlqin Qilichev Kun.uz muxbiriga intervyu berdi. Unda mutaxassis Osiyo oʻyinlaridagi natija haqida oʻz fikrini bildirib oʻtdi.

«Hamma bokschilarimizdan qoniqdik. Yutqizgan bolalarga kelsak, bu birinchi navbatda omad, buning ustiga baʼzi vakillarimiz katta musobaqalarda endi qatnashmoqda. Hasanboy ham qoʻlidan kelganini qildi. U biroz tanaffusdan keyin endi sekin-sekin oʻziga kelmoqda. Raqibda ham maktab bor, ular ham Hasanboyni juda yaxshi oʻrganishgan. Agar Hasanboy uni bir marta koʻrgan boʻlsa, ular Hasanboyni ming marta koʻrgan. Oʻylaymanki, oʻziga yarasha xulosa chiqaramiz.

Gʻolib yigitlarimiz esa haqqoniy chempion boʻlishdi. Barcha bolalarimizdan yaxshi natijani kutgandik. Bobousmon Baturov, Miraziz Mirzaxalilov oʻziga xos kashfiyot boʻldi. Ularning qoʻlga kiritgan natijalari keyingi musobaqalar uchun juda katta turtki hisoblanadi.

Musobaqadan avval Qozogʻiston qiyinchilik keltirib chiqarishini kutgandik. Ammo, Osiyo oʻyinlari vaqtida Shimoliy Koreya bokschilari oʻziga xos “syurpriz” boʻldi. Indoneziya vakillari ham kuchli harakat qilishdi.

Shuni aytib oʻtishim mumkinki, bizda boksda avlodlar almashinuvi hech qanday muammolarsiz oʻtadi. Sababi zaxiramiz juda kuchli, zaxiradagi bolalar oʻz navbatini kutib turibdi. Raqobat juda kuchli», - dedi Qilichev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Terma jamoa katta murabbiyi Hasanboy Doʻsmatov va kashfiyotlar haqida gapirdi