17:48 / 01.09.2018
3 395

Iqboljon Xoldorov: “Sensatsion natija bilan qaytamiz, deb niyat qilgandik”

Iqboljon Xoldorov: “Sensatsion natija bilan qaytamiz, deb niyat qilgandik”
Osiyo oʻyinlari chempioniga aylangan bokschi Iqboljon Xoldorov taqdirlash marosimidan soʻng Kun.uz muxbiriga intervyu berdi.

«Xudoga shukr, boksda hammasi juda chiroyli oʻtdi. Yetti nafar bokschimizdan hammamiz finalga yetib keldik. Bu gʻalabalarimizni prezidentimizga, Mustaqilligimizning 27 yillik bayramiga bagʻishlaymiz. Oʻylaymanki, bu muvaffaqiyatlarimiz Oʻzbekistonga bayram uchun yaxshi sovgʻa boʻladi.

Umuman olganda, Osiyo oʻyinlari kichik Olimpiada hisoblanadi. Bu musobaqalarga har bir sportchi katta umidlar, katta masʼuliyat, tayyorgarlik bilan keladi. Ilk janglarimiz oson boʻlmasligini ham yaxshi bilardik, sababi barcha raqiblar bizni yutaman, deb chiqdi. Oʻylaymanki, tayyorgarlik yaxshi boʻldi - 7 nafar sportchidan barchasi finalga chiqdi. Osiyo oʻyinlari bizga dars ham boʻldi. Avval koʻzga koʻrinmagan sportchilar ham bu yerga kuchli tayyorgarlik bilan kelishini bildik. Moʻgʻuliston, Filippin, Hindistondan kuchli bokschilar kelibdi.

Oldindan bizdan qancha bokschi finalga chiqishi haqida oʻylamagandim. Hamma yutish uchun keladi. Biz bu yerga rekord natija uchun keldik, faqat oltin uchun harakat qildik. Hammamiz chempion boʻlib, oltin olib, Oʻzbekistonga sensatsion natija bilan qaytamiz, deb niyat qilgandik», - deydi Xoldorov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Iqboljon Xoldorov: “Sensatsion natija bilan qaytamiz, deb niyat qilgandik”