23:38 / 01.09.2018
2 873

Umid Ahmadjonov: “Tokio Olimpiadasigacha tarkibning yarmi almashadi, yengil atletikaga eʼtibor kuchaytiriladi”

Умид Аҳмаджонов: "Токио Олимпиадасигача таркибнинг ярми алмашади, енгил атлетикага эътибор кучайтирилади"
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi prezidenti Umid Ahmadjonov ayni vaqtda Indoneziyada Osiyo oʻyinlarini yoritayotgan “Kun.uz” muxbiriga intervyu berdi.

MOQ rahbari Osiyo oʻyinlaridagi natijalar kutilganidek yuqori boʻlganini taʼkidlab, endi 2020 yili Yaponiya poytaxti Tokio shahrida boʻlib oʻtadigan Yozgi Olimpiada oʻyinlariga tayyorgarlik boshlanishini aytib oʻtgan.

«Mamlakatimizda bayram boʻlmoqda. Biz esa xorijda turib vatanimiz bayrogʻini balandga koʻtarmoqdamiz.

Mustaqil boʻganimizdan buyon bunday yuqori natija kuzatilmagandi. Oldimizda Olimpiada oʻyinlari turibdi. Tokioda ham kamida 10ta oltin olishni maqsad qilganmiz.

Osiyo oʻyinlarida milliy kurash va boks vakillari xursand qilishdi. Tennisdan, dzyudodan, sambodan ham oltinlar oldik.

Yengil atletikaga ham jiddiy eʼtibor qaratamiz. Biz hozir Tokio Olimpiadasiga boradigan sportchilarni saralashni boshlaganmiz. Har bitta federatsiyaning alohida strategiyasini ishlab chiqamiz. Sportchilarning kun tartibigacha boshqatdan koʻrib chiqamiz. Olimpiadaga borib, medal boʻlarmikan, boʻmasmikan, deb oʻtirmoqchi emasmiz.

6 oyda jiddiy oʻzgarishlar qilishga ulgurmasdik. Osiyo oʻyinlariga yoshlarni olib kelib, tavakkal qilmadik. Ammo Tokio Olimpiadasiga tarkibning yarmi almashadi. Xudo xohlasa, Tokiodan 10ta oltin bilan qaytmoqchimiz», degan Umid Ahmadjonov.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston delegatsiyasi Indoneziyada 2 haftadan buyon davom etayotgan turnirda 21 oltin, 24 kumush va 25 bronza, jami 70 medal oldi va umumiy reytingda beshinchi oʻrinni band etdi.

2016 yilgi Rio-de-Janeyro olimpiadasida Oʻzbekiston delegatsiyasi 4ta oltin, 2 kumush va 7 bronza bilan umumjamoa hisobida 21-oʻrinni egallagandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Umid Ahmadjonov: “Tokio Olimpiadasigacha tarkibning yarmi almashadi, yengil atletikaga eʼtibor kuchaytiriladi”