22:02 / 01.09.2018
4 108

Janubiy Koreya - Osiyo oʻyinlari gʻolibi

Janubiy Koreya - Osiyo oʻyinlari gʻolibi
Indoneziyaning Jakarta shahrida Osiyo oʻyinlarining futbol turniri nihoyasiga yetdi.

Finalda Janubiy Koreya va Yaponiya yoshlar terma jamoasi bahs yuritdi. Oʻyinning asosiy vaqtida hisob ochilmadi. Qoʻshimcha vaqtlarda koreyaliklarning qoʻli 2:1 hisobida baland keldi. Natijada, ular bosh sovrinni qoʻlga kiritdilar.

Endilikda Janubiy Koreya olimpiya terma jamoasi aʼzolari xalqaro musobaqada gʻalaba qozongani tufayli harbiy xizmatga borish majburiyatidan ozod etiladi. Jamoa futbolchilari orasida ayniqsa “Tottenhem” hujumchisi Son Hyon Min shuni istayotgan edi.

Uchinchi oʻrin uchun bahsda BAA yoshlari Vyetnamni penaltilar seriyasida magʻlub etishdi va bronza medallariga ega boʻlishdi.

Osiyo oʻyinlari - 2018, futbol
1 sentyabr, Jakarta

Final
Janubiy Koreya U23 - Yaponiya U23 - 2:1 (q.v.)
Gollar:
Li Sin U (93), Xvan Xi Chxan (101) - Ueda (115)

3-oʻrin uchun bahs
Vyetnam U23 - BAA U23 - 1:1 (pen.3:4)
Gollar:
Nguyen (27) - Al-Hoshimiy (19)

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Janubiy Koreya - Osiyo oʻyinlari gʻolibi