“Yuventus” klubining portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu turinliklar klubi rahbariyatdan uch tansoqchini yollashni soʻradi.
Football Italia nashri tarqatgan xabarga koʻra, 33 yoshli futbolchi Gran Mardedagi villasiga taklif qilinmagan mehmonlar kirib kelishidan choʻchimoqda.
Tansoqchilardan biri villani, yana biri futbolchining oilasini, uchinchisi esa hujumchining oʻzini qoʻriqlashi lozim.
Xabarda aytilishicha, “Kyevo” — “Yuventus” oʻyinidan avval aksilterror boʻlinmalar xavfsizlikni taʼminlashga jalb etilgani Ronalduning xavotirlariga sabab boʻlgan.
Ronaldu “Yuventus”ga shu yilning yozida 112 million yevro evaziga “Real” safidan kelib qoʻshildi.
Rossiyadagi jahon chempionati arafasida Ronalduning xavfsizligini taʼminlash uchun aralash usullar boʻyicha jangchi Gonsalo Salgado va sobiq desantchi Nuno Marekos jalb etilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi