07:31 / 02.09.2018
3 263

Ronaldu YECHL qurʼa tashlash marosimiga nimaga kelmadi?

Ronaldu YECHL qurʼa tashlash marosimiga nimaga kelmadi?
“Yuventus” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu 30 avgust sanasida Monakoda boʻlib oʻtgan UYEFA sovrinlar taqdim etish marosimiga borishni rejalashtirgan ekan.

ESPN nashrining taʼkidlashicha, bahor “Real” bilan YECHLda gʻolib boʻlgan hujumchi Turindan vertoletda kelmoqchi edi. Marosim boʻlib oʻtgan zaldan Ronaldu va uning yaqinlari uchun 6 ta oʻrindiq band qilingan ham edi. Turindan Monakoga parvoz bor yoʻgʻi 40 daqiqa vaqtni oladi.

Marosim boshlanishiga 2 soat qolganida yil oʻyinchisi deb Modrich topilganidan soʻng, Ronaldu marosimga kelishga qaror qilmagan.

Krishtianu Ronaldu UYEFA talqini boʻyicha eng yaxshi hujumchi deb topilgan. Eng yaxshi oʻyinchi deb esa Modrich tan olindi.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronaldu YECHL qurʼa tashlash marosimiga nimaga kelmadi?