14:56 / 02.09.2018
2 401

Yozgi transfer bozorining omadli va omadsizlari

Yozgi transfer bozorining omadli va omadsizlari
Kecha Yevropada yozgi transfer bozori yopildi. Shu munosabat bilan Goal nashri transfer bozorining omadli va omadsizlari borasida fikr yuritdi.

Omadli: “Barselona”

Yoz “Barselona”chalik boshqa biror jamoa uchun muvaffaqiyatli kechmadi. Kataloniyaliklar ikkita muhim transferni “ilib ketdi”. Oʻziga kerak boʻlmagan futbolchilarni esa “Everton”ga pulladi.

“Inter” katta qiziqish bildirgan Arturo Vidal “Juzeppe Meassa”ni emas, “Kamp Nou”ni tanlashga qaror qildi. “Real”dan Luka Modrichni olib kelishga boʻlgan intilish esa besamar yakunlandi.

Shuningdek, “koʻk-anorranglilar” “Roma”ga shartnoma imzolash uchun ketayotgan Malkomni ham “yoʻldan urdi”. Xullas, klub tarkibni ancha kuchaytirib oldi.

Malkom Valverdening hujum chizigʻini jiddiy kuchaytiradi. Veteran Vidal esa katta tajribasi bilan yosh hamkasbi Artur ikkalasi yarim himoyani mustahkamlashga yordam beradi.

36 million yevro evaziga himoyani kuchaytirish uchun Kleman Langle olib kelindi.

Qishda 12 million yevro evaziga kelgan Yerri Mina “Everton”ga 30 millionga sotib yuborildi. “Everton” umuman olganda xaridlarni biratoʻla koʻtarasiga “Barselona” bilan kelishdi-qoʻydi. Ingliz jamoasi 20 million yevroga chap qanot himoyachisi Lyuka Din va 2.25 million yevro evaziga esa “keraksiz matoh”ga aylangan Andre Gomeshni qoʻshib oldi.

“Sevilya” esa 8.5 million yevroga Aleysh Vidalni qaytardi. “Sassuolo” esa Marlon uchun 6 million yevro toʻladi. Kelasi yili stadionni taʼmirdan chiqaradigan klub uchun barchasi muvaffaqiyatli kechdi.

Biroq Pako Alkaserning “Borussiya Dortmund”ga ketishi va Luis Suaresga raqobatchilarning bittaga kamayishi muammo tugʻdirishi mumkin. Biroq tarkib ancha keng va “Barsa” bu muammoni ham yechimini topishiga shubha yoʻq.

Omadli: A Seriya

A Seriyaning millionlab muxlislari qatorida Kristian Vyeri ham Krishtianu Ronalduning “Yuventus”ga oʻtganini eshitgach oʻz xursandchiligini yashira olmadi. “Italiya futboli uchun bu transer lotereyadan yutuq chiqqandek gap” – dedi “Inter”ning sobiq vakili.

Albatta bu transfer italyan futbolining moliyaviy imkoniyatlarini ham yaxshilashi aniq. Turinliklar yangi yulduzining futbolkasini sotishdan tashqari A Seriyaning translyatsiya xuquqlarini sotib olish boʻyicha takliflarning ortishi bu ancha ijobiy transfer boʻlganining isbotidir.

Omadli: “Liverpul”

“Liverpul” qishda himoyachi uchun katta pul toʻlab jahon rekordini oʻrnatgan edi. Oʻshandan olti oy oʻtib, iyul oyida u darvozabon uchun jahon rekordidagi pulni toʻladi.

Xoʻsh, Alisson va Virgil Van Deyk uchun mos ravishda 56 million funt va 75 million funt toʻlagani uchun sanksiyalar qarshisida qolib ketadimi? “Qizillar” shuningdek, Nabi Keyta uchun 57 million funt toʻladi.

Biroq bu uch transfer klubning eng zaif nuqtalarni yopdi. Klopp etirof etganidek, “sifat maʼlum narxga ega.” Hech kim buncha pul sarflagan “Liverpul”ni ayblay olmaydi. Ular yangi mavsumning uchinchi turidan keyin 100 % natija bilan peshqadamlik qilmoqda. Ular faqatgina bir marta oʻz darvozalaridan gol oʻtkazib yuborgan.

Omadsiz: “Real Madrid”

“Real” muxlislari Krishianu Ronaldu Zinedin Zidan ortidan klubni tark etganidan keyin klub prezidenti Florentino Peresdan yangi super-transferni kutishgan edi.

Faqatgina Tibo Kurtua “Chelsi”dan olib kelindi. Belgiyalik posbon UYEFA talqini boʻyicha oʻtgan mavsumning eng yaxshi darvozaboni boʻlgan Keylor Navasga raqobatchilik qilishi kerak. Mavsum startida u hatto Xulen Lopetegi qoʻli ostida maydonga tushirilgani ham yoʻq.

Klubni esa Mateo Kovachich tark etdi. U Kurtua transferining bir qismiga aylandi.

“Qirollik klubi” oʻz yetakchisi Modrichni saqlab qoldi. Ammo klubga yangi “galaktika” qurish uchun – Neymar, Mbappe, Azar yoki Keynlar kelgani yoʻq.

Uning oʻrniga yangi mavsumni 7-raqam ostidagi Mariano Dias bilan boshlaydi. Klub oʻz tarbiyalanuvchisini oʻtgan yili “Lion”ga 8 milliong yevroga sotib yuborgan edi.

25 yoshli hujumchi 1 Ligada oʻzini koʻrsata oldi. 34 oʻyinda 18 gol – ajoyib statistika. Biroq “qaymoqranglilar” muxlislari kutgan tranfser bu emasdi.

Omadsiz: Joze Mourino

Dushanba kungi “Tottenxem”dan uchralgan magʻlubiyatdan keyin Mourinoning jurnalistlardan hurmat soʻrashi kulgili boʻldi. Butun faoliyati davomida raqib futbolchilari va murabbiylardan tortib hakamgacha “oʻyib oladigan” mutaxassis endi boshqadan hurmat qilishni soʻramoqda.

Boz ustiga klub ichida beqarorlik hukmron. Bunga Mourino istagan yarim himoyachini olib kelishni Ed Vudvord bajara olmadi. Bu esa OAV orqali bir-birini tanqid qilish bilan davom ettirildi.

Manba: Sports.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yozgi transfer bozorining omadli va omadsizlari