09:55 / 03.09.2018
3 225

Olimpiada uchun kim kurashishi kerak? Xaydarovmi yoki Kuper?

Olimpiada uchun kim kurashishi kerak? Xaydarovmi yoki Kuper?
Nihoyat Osiyo oʻyinlari ham yakuniga yetdi. Bu musobaqa oʻzbek sporti tarixida qoladi. Hali hech qachon vakillarimiz bu qadar koʻp oltin medal qoʻlga kiritmagan edilar. Ammo shu bilan birga aytamiz, futbolning ashaddiy ishqibozi uchun Indoneziya musobaqasi baribir alamli xotira boʻlib qoladi. Oʻsha, bizdan kuchsiz koʻringan Janubiy Koreya chempion boʻldi. Bundan ortiq alam boʻladimi?

Ammo endi Osiyo oʻyinlari tarixga aylandi. Bu yogʻiga Tokio-2020 haqida oʻylashimiz lozim. Bizda tarixda ilk bora Olimpiadada ishtirok etish uchun yaxshi imkoniyat bor. Xoʻsh, Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasini Olimpiada saralashiga kim tayyorlashi lozim? Yoshlar bilan Osiyoda chempion boʻlgan Ravshan Haydarovmi yoki oʻzbek futbolini koʻtarish uchun kelgan Ektor Kupermi?

Savolga javob qisqa - ikkisi ham kerak emas! Haydarov yoshlar terma jamoasi bilan Osiyoda tengsiz boʻlgandir, ammo Osiyo oʻyinlaridagi ishidan soʻng aytamizki - baribir Olimpiada masʼuliyati unga ogʻirlik qilarkan. Ektor Kuperga keladigan boʻlsak, qoʻyinglar, u ham oʻz ishini qilsin. Oxirgi ikkita Olimpiadani aynan MTJ bosh murabbiyiga ishonganimiz uchun boy berdik. Avval Vadim Abramov, keyin Samvel Babayan hamma joyni dabdala qildi. Shunday ekan, ularning qismatini Ektor Kuperga ravo koʻramizmi?!

Olimpiya terma jamoasiga keladigan boʻlsak, menimcha uni boshqarishga Oʻzbekistonda biror nomzod boʻlsa, u ham Jasur Abduraimov boʻladi. Bu mutaxassis 1997 yilda tugʻilgan futbolchilardan yaxshi terma jamoa tashkil eta olgan edi. Hozir ham bu yoshdagi oʻyinchilarni u kabi biladigan boshqa mutaxassis yoʻq. Shunday ekan, yana qanday savol boʻlishi mumkin?

Agar Jasur Abduraimov boʻlmasa, u holda tinchgina olimpiyachilarimizga ham xorijdan murabbiy olib kelish kerak. Aks-holda barchasini yana boshidan boshlashga toʻgʻri keladi...
Abdulloh

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Olimpiada uchun kim kurashishi kerak? Xaydarovmi yoki Kuper?