17:57 / 04.09.2018
6 073

Osiyo oʻyinlari sovrindorlari uchun belgilangan pul mukofotlari maʼlum qilindi

Osiyo oʻyinlari sovrindorlari uchun belgilangan pul mukofotlari maʼlum qilindi
Oʻzbekiston milliy olimpiya qoʻmitasi tomonidan Osiyo oʻyinlarida oltin medal olgan sportchilar uchun 10 ming dollar miqdorida mukofot puli beriladi. Bu haqda MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov “Kun.uz”ga maʼlum qildi.

Bundan tashqari, avvaldan belgilangan tartibga koʻra, hukumat tomonidan Osiyo oʻyinlari sovrindorlari boʻlgan barcha sportchilarga pul mukofotlari ajratilgan. Unga koʻra, Osiyo oʻyinlarida gʻolib boʻlgan sportchilar uchun 5 ming dollardan, kumush medal egalari uchun 3 ming dollardan va bronza medal sohiblari uchun 2 ming dollardan pul mukofotlari beriladi.

Osiyo oʻyinlarida Oʻzbekiston sharafini 30ta sport turida 234 nafar sportchi himoya qildi. Shundan 21 nafar sportchi oltin, 24 sportchi kumush va 25 nafar sportchi bronza medal oldi. Oʻzbekiston delegatsiyasi medallar sifati boʻyicha 45 mamlakat ichida umumjamoa hisobida beshinchi oʻrinni egalladi.

Osiyo oʻyinlarida chempion boʻlgan sportchilar jami 15 ming dollardan pul mukofotiga ega boʻlishadi.

Yaqin kunlar ichida sportchilarni taqdirlash marosimi oʻtkaziladi.

Shu tariqa, Oʻzbekiston hukumati turnir sovrindorlarini mukofotlash uchun 227 ming dollar, Milliy olimpiya qoʻmitasi esa 210 ming dollar miqdorida mablagʻ sarflaydi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo oʻyinlari sovrindorlari uchun belgilangan pul mukofotlari maʼlum qilindi