06:30 / 05.09.2018
3 766

Messi: Ronalduning “Yuventus”ga oʻtishini kutmagandim, endi “Real”ga qiyin boʻladi

Месси: Роналдунинг "Ювентус"га ўтишини кутмагандим, энди "Реал"га қийин бўлади
“Barselona” yetakchisi Lionel Messi asosiy raqobatchisi Krishtianu Ronalduning “Real”dan “Yuventus”ga oʻtgani borasida ilk bor oʻz fikrini bildirib oʻtdi.

“Toʻgʻirisini aytsam, Ronalduning “Real”ni tashlab ketishini kutmagandim. Madridliklar Ronalduning ketishi ortidan koʻp narsa yoʻqotishdi. Meni koʻplab jamoalar unga qiziqish bildirayotganidan xabarim bor edi, lekin “Yuventus” bu borada kutilmagan boʻldi. Men haqiqatdanam hayratdaman, lekin Turinda ham yaxshi jamoa bor.

Albatta, “Real”da yana koʻplab ajoyib futbolchilar bor va ular barcha musobaqalarda gʻoliblik uchun kurashishadi. Ronaldusiz endi ularga qiyin boʻladi, “Yuventus” esa endi Chempionlar ligasida gʻolib chiqish uchun yaqqol favoritga aylandi”, - deydi argentinalik futbol afsonasi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Messi: Ronalduning “Yuventus”ga oʻtishini kutmagandim, endi “Real”ga qiyin boʻladi