14:44 / 06.09.2018
4 116

Oʻzbek futbolida ilk marotaba stadionda kelin salomi berildi (foto)

Oʻzbek futbolida ilk marotaba stadionda kelin salomi berildi (foto)
Oʻzbekiston ayollar chempionatining 19-turidan oʻrin olgan “Shoʻrtan Lady” - “Qizilqum Guli” oʻyinida qiziq voqea yuz berdi.

“Shoʻrtan” futbolchisi Uldona Toʻxtayeva oʻyindan oldin kelin salomini berdi, deb xabar qiladi Diyor Imomxoʻjayev.

Qayd qilinishicha, futbolchi turmushga chiqqaniga bir hafta boʻlgan va shu tufayli, oʻzbek urf-odatiga koʻra, stadionda kelin salomini bergan. Bundan tashqari, Uldona Toʻxtayeva oʻyin davomida golli uzatmani ham amalga oshirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Oʻzbek futbolida ilk marotaba stadionda kelin salomi berildi (foto)