22:27 / 06.09.2018
3 369

Ektor Kuper durang bilan boshladi yoxud Oʻzbekiston – Suriya 1:1

Ektor Kuper durang bilan boshladi yoxud Oʻzbekiston – Suriya 1:1
Bugun Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Ektor Kuper boshchiligidagi ilk oʻrtoqlik oʻyinini oʻtkazdi.

Vakillarimiz Suriya milliy terma jamoasiga qarshi maydonga tushishdi. Unda 1:1 hisobi qayd etilib, jamoalar murosa koʻchasini tanlashdi.

Shuni aytib oʻtishimiz kerakki, bugun Ignatiy Nesterov bugun oʻzining 100-yubiley oʻyinida maydonga tushmoqda. Unga Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining maxsus sovgʻasi topshirildi.

Taʼkidlab oʻtish joizki, oʻyinda yaqqol ustun jamoa boʻlmadi. Yigitlar yangi murabbiyning oʻyin uslubiga endigina koʻnika boshlayotganliklari koʻzga tashlandi. Toʻpni yetkazib berishdagi xatolar yuzaga kelgani tabiiy holat.

Raqiblarimiz ham anchagina dadil harakatlandilar va Nesterovni tez-tez uzoqdan yoʻllangan zarbalar bilan tekshirib turdilar.

Shunday boʻlsada, faqat 63-daqiqaga kelib biz gol koʻrdik. Suriyalik himoyachi toʻpni qoʻli bilan oʻynagani uchun bosh hakam penalti belgilandi va Marat Bikmayev 11 metrlik nuqtadan raqib pobsonini dogʻda qoldirdi – 1:0.

Keyinchalik 78-daqiqaga kelib Omar Al Soma hisobni tenglashtirishga muvaffaq boʻldi. Oʻyinga qoʻshib berilgan vaqtning soʻnggi soniyalarida esa Mirzayevda oʻta qulay vaziyat yuzaga kelgandi, biroq u yaqin masofadan deyarli boʻsh darvozani ishgʻol eta olmadi.

Shu tariqa, Ektor Kuperning debyuti durang bilan yakunlandi.

Oʻrtoqlik uchrashuvi

Oʻzbekiston - Suriya 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar:
1:0 – 64 penalti Marat Bikmayev, 1:1 – 78 Omar Al Soma.

Oʻzbekiston: 1.Ignatiy Nesterov, 2.Akmal Shorahmedov, 31.Yegor Krimes, 5.Anzur Ismoilov, 13.Oleg Zoteyev, 8.Javlon Ibrohimov (18.Sardor Sobirxoʻjayev, 46), 16.Otabek Shukurov, 27.Sardor Rashidov (14.Eldor Shomurodov, 76), 10.Marat Bikmayev (11.Temurxoʻja Abduxoliqov, 68), 6.Husniddin Gʻofurov (26.Sanʼat Shixov, 68), 28.Ivan Nagayev (15.Sardor Mirzayev, 55)

Suriya: 1.Ibrohim Alma, 3.Nodim Sabogʻ, 15.Abdul Malik Alanizan, 4.Jihod Al Baour, 5.Omro Al Midani, 8.Mahmud Al Mavas, 9.Omar Al Soma, 11.Osama Omari (7.Aias Osman, 83), 14.Tamir Xoj Muhammad, 10.Muhammad Usmon, 21.Fahad Yusuf

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ektor Kuper durang bilan boshladi yoxud Oʻzbekiston – Suriya 1:1