07:31 / 08.09.2018
3 504

Yevroosiyo futbol konfederatsiyasi tashkil etilsa, uning birinchi mezboni Toshkent boʻladi

Yevroosiyo futbol konfederatsiyasi tashkil etilsa, uning birinchi mezboni Toshkent boʻladi
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining Dilshod Saidmurodov, Joʻrabek Sabdarov va Sanʼat Sharipovdan iborat mutaxassislari guruhi Rossiya futbol uyushmasi hamda professional futbol ligasida ishtirok etayotgan bir necha professional klublar bilan muzokaralar oʻtkazish, ularning faoliyatini oʻrganish hamda ular bilan hamkorlik oʻrnatish maqsadida joʻnab ketishgani haqida xabar bergan edik.

OʻFA mutaxassislari guruhi Rossiya safarini Rossiya premyer ligasining amaldagi chempioni boʻlgan Moskvaning “Lokomotiv” futbol jamoasi ijrochi direktori Aleksey Kirichek hamda ijrochi direktor oʻrinbosari Dmitriy Ivanov bilan uchrashuv bilan boshlashgan edi.

Navbatdagi muzokaralar Rossiya futbol uyushmasi vitse-prezidenti, Rossiya professional futbol ligasi prezidenti Sergey Pryadkin bilan oʻtkazildi. Muzokaralar boshida RFPL prezidenti oʻzbekistonlik mutaxassislarni xush kayfiyat bilan qarshi olar ekan, ularni Moskvada koʻrib turganidan mamnunligini taʼkidlab oʻtdi.

Shundan soʻng muzokaralarning amaliy qismiga navbat berilib, uchrashuvga RPFLning audit boʻlimi vakillari ham taklif etildi. RPFL Rossiya futbol ligasiga tegishli tashkilot boʻlib, Rossiya premyer ligasi oʻyinlarini tashkil etish hamda translyatsiya qilish bilan shugʻullanadi. Avvalo soʻz translyatsiyalar haqida borib, RPFL ulardan tushgan mablagʻlarning asosiy qismini klublarga ajratadi. Bu summadan faqatgina hakamlarga va qoʻmitaning ayrim xarajatlarini qoplash uchungina maʼlum bir foizlar olib qolinadi. Rossiyalik mutaxassislar futbol ligasining har bir boʻlimi oʻz normativ hujjatlari va reglamentiga ega ekanligini taʼkidlashdi.

Shundan soʻng suhbat Oʻzbekiston professional futbol ligasi misolida ligaga qarashli boʻlimlarning ish va sifat samaradorligini oshirish uchun zarur boʻlgan chora-tadbirlar haqida davom etdi. RPFL vakillari bu borada qoʻllaridan kelgan barcha maslahat va yordamlarini oʻzbekistonlik mutaxassislardan ayamasliklarini aytib oʻtishdi. Klublarni litsenziyalashtirish qanchalik toʻgʻri amalga oshirilsa, ularni nazorat qilish shunchalik oson koʻchishi hamda halollik kuchayishi rus mutaxassislari tomonidan alohida taʼkidlandi. Shunda klublar tomonidan pul oʻzlashtirish minimal darajaga pasayib, shaffoflik yaqqol koʻzga tashlana boshlaydi.

Muzokara davomida Sergey Pryadkin oʻzbekistonlik mutaxassislarga Yevroosiyo futbol konfederatsiyasini tashkil etish taklifi bilan chiqdi. Yoshi katta futbolchilarning vaqtlari tigʻiz boʻlishini hisobga olgan holda 15-16 yoshli futbolchilar oʻrtasida musobaqalar tashkil etishni taklif etdi. Mutaxassislarimiz OʻFA bu taklifdan xursand boʻlishini va mamnuniyat bilan qoʻllab quvvatlashi ehtimoli katta ekanini aytishdi. Hamda agar bu konfederatsiyani tashkil etish rejasi amalga oshsa, birinchi musobaqani Toshkentda oʻtkazish kerakligini ham taʼkidlandi. Agarda bu gʻoya amalga oshsa, bolalar futboli rivojiga ham soʻzsiz katta xissa qoʻshishi aniq.

Pryadkin soʻzi oxirida futbol Rossiyada ham xuddi Oʻzbekistondagi kabi davlat ahamiyati darajasidagi sport ekanligini aytib, 2030 yilgacha Rossiya futbolini rivojlantirish davlat dasturi qabul qilinganini taʼkidladi.

Shu bilan bu doʻstona uchrashuv nihoyasiga yetdi. Mutaxassislarimizning Rossiyaga qilgan mehnat safarlarai davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yevroosiyo futbol konfederatsiyasi tashkil etilsa, uning birinchi mezboni Toshkent boʻladi