09:27 / 08.09.2018
3 241

36 yoshli Jeparov terma jamoadagi faoliyatini yakunlamoqchi emas

36 yoshli Jeparov terma jamoadagi faoliyatini yakunlamoqchi emas
Oʻzbek futboli afsonalaridan biri – Server Jeparovning hali ham muxlislari koʻp. Xabaringiz boʻlsa, tajribali yarim himoyachi hozirgi paytda faoliyatini Qozogʻistonning “Jetisu” klubida davom ettiryapti.

Oʻtgan yili Eron chempionatida toʻp surib yaxshi taassurot qoldirgan oʻyinchi endilikda qoʻshni qozogʻistonlik muxlislarning ham mehrini qozonishni maqsad qilgan koʻrinadi. Ammo u 36 yoshda ekanligini ham unutmaslik kerak. Yana bir eʼtiborga molik tomoni shundaki, Oʻzbekiston milliy terma jamoasining bosh murabbiyi Ektor Kuper uni dastlabki yigʻinga taklif qilmadi.

Futbolchi bu borada oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.

- Milliy terma jamoamizni tajribali murabbiy qabul qilib olganidan juda xursandman. Uning terma jamoaga meni chaqirmaganiga kelsak, hammasini toʻgʻri qabul qilish kerak. Axir bosh murabbiy jamoaga kimlarni chaqirishni oʻzi hal qiladi. Chunki har bir mutaxassisning oʻyinni tashkil etish borasida oʻz gʻoyalari boʻladi.

Bevosita oʻzimga kelsak, terma jamoadagi faoliyatimni tugatish niyatim yoʻq. Bu oʻz navbatida klub miqyosidagi faoliyatimga ham taalluqlidir. Sababi, oʻzimni juda yaxshi his qilyapman. Shuning evaziga toʻp suradigan klubim oldiga qoʻyiladigan vazifalarni bajarishda foydam tegishi mumkinligiga ishonaman. Men buni “Istiqlol”da toʻp surib yurgan chogʻimda ham isbotladim. Ushbu jamoa bilan Osiyo Chempionlar ligasi chorak finaliga chiqdim.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » 36 yoshli Jeparov terma jamoadagi faoliyatini yakunlamoqchi emas