11:58 / 08.09.2018
2 629

Gus Hiddink faoliyatini Xitoyda davom ettiradi

Gus Hiddink faoliyatini Xitoyda davom ettiradi
Taniqli niderland mutaxassisi Gus Hiddink Xitoy olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Xitoy futbol assotsiatsiyasi hozircha bu haqda rasman maʼlum qilmagan boʻlsa-da, murabbiyning oʻzi bu maʼlumotni tasdiqlagan.

“Men amalda nafaqaga chiqib boʻlgandim, biroq bu juda yaxshi ish boʻlib koʻrinyapti”, - degan 71 yoshli murabbiy.

Hiddinkka 2020 yili Tokioda oʻtadigan yozgi Olimpiadaga yoʻllanmani qoʻlga kiritish vazifasi yuklatilgan. China.orgʻning yozishicha, ushbu vazifa muvaffaqiyatli ado etilgan taqdirda, Tokio Olimpiadasidan soʻng u milliy terma jamoani qabul qilib olishi mumkin. Eslatib oʻtamiz, Xitoy milliy terma jamoasiga 2 yildan buyon italiyalik murabbiy Marsello Lippi ustozlik qilmoqda.

Xitoy matbuotidagi xabarlarga qaraganda, Hiddinkning maoshi soliqlarni hisobga olmaganda yiliga 4,7 million dollarni tashkil etadi.

Gus Hiddink murabbiy sifatida Niderlandiya, Janubiy Koreya, Avstraliya, Rossiya va Turkiya kabi mamlakatlarning milliy termalarini, klublardan esa “Chelsi”, “Real”, “Valensiya” va PSV kabi jamoalarni boshqargan. U 2002 yilgi Jahon chempionatida Janubiy Koreya termasini yarim finalga qadar boshlab borgani bilan Osiyo futbolida oʻz izini qoldirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Gus Hiddink faoliyatini Xitoyda davom ettiradi