14:26 / 09.09.2018
4 554

Avgust oyining eng yaxshi darvozaboni – Ignatiy Nesterov

Avgust oyining eng yaxshi darvozaboni – Ignatiy Nesterov
Oʻzbekiston Professional futbol ligasi mavsum boshidan buyon har oyning eng yaxshilarini aniqlab kelmoqda.

Mazkur soʻrovnomada PEPSI Superliganing 12 ta klubi bosh murabbiylari va sardorlari ishtirok etdi. Muxlislar ovozi esa PFL rasmiy saytida oʻtkazilgan soʻrovnoma orqali qabul qilindi.

Ortda qolgan avgust oyida 3 ta tur uchrashuvlari boʻlib oʻtdi. Oʻtkazilgan 20-21-22-turlar davomida bir qator darvozabonlar ishonchli oʻyin namoyish etib, muxlis-u mutaxassislar olqishlariga sazovor boʻlishdi.

Soʻrovnoma yakunlariga koʻra, “Lokomotiv” jamoasi posboni – Ignatiy Nesterov eng koʻp ovoz toʻplashga muvaffaq boʻldi. Nesterovni 10 nafar murabbiy va sardor 1-pogʻonaga loyiq koʻrishdi. Shuningdek, muxlislar oʻrtasida tashkil etilgan soʻrovnomada Nesterov Akbar Toʻrayevdan soʻng 2-oʻrindan joy oldi va qoʻshimcha 4 ochkoga ega boʻldi. Yakunda, Ignatiy Nesterov 51, Akbar Toʻrayev 41 hamda Eldor Suyunov 39 ochko jamgʻarishga erishdi.

Shu tariqa, Ignatiy Nesterov joriy yilgi mavsumda ilk bor oy laureatiga aylandi

Manba: www.pfl.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Avgust oyining eng yaxshi darvozaboni – Ignatiy Nesterov