15:53 / 09.09.2018
2 655

Mourino hamon dunyoning eng zoʻr murabbiyimi?

Mourino hamon dunyoning eng zoʻr murabbiyimi?
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi klubning inqirozida hammani ayblab boʻldi, endi u bor eʼtiborini jamoasiga qaratadigan vaqt keldi. Xoʻsh, “oʻzgacha” hamon eng zoʻrimi? U holda “qizil iblislar”ni nima kutmoqda?

Joze Mourino oʻtmishning koʻp vaqtini murabbiy sifatida koʻplab rekordlarga erishish bilan oʻtkazgan. Biroq avval “Brayton”dan 3-2, keyin “Tottenxem”dan oʻz uyida 3-0 hisobidagi yirik magʻlubiyatlarni qabul qilib olgach, portugaliyalik murabbiyning zamonaviy futboldagi oʻrni savollar ostida qolib ketdi va u darhol oʻziga xos uslubda bunga javob qaytardi.

“Uchta Premyer Liga – dedi Mou uchta barmogʻini havoda koʻrsatarkan – men qolgan 19 ta murabbiydan ham koʻproq Premyer Ligani yutganman”

Keyinroq “Manchester Yunayted”ning uning qalbida qanday joy egallagani haqidagi savolga yana igʻvogarona javob qaytardi va butun eʼtiborni oʻziga qaratdi.

“Men dunyoning eng buyuk klublaridan birining murabbiyiman, ammo oʻzim ham dunyoning eng buyuk murabbiylaridan biriman.”

“Men Italiya, Ispaniya va Angliya kabi kichkina boʻlmagan chempionatlarni yutgan yagona murabbiyman. Oʻtgan mavsumda men ikkinchi oʻrin bilan futbolda erishgan yutuqlarimning eng yaxshilaridan biri boʻldi.”

Fergyuson qoʻli ostida shonli davrni oʻtkazgan klub muxlislari uni oʻtmish bilan yashayotganlikda ayblay boshlashdi. Boisi Mourino savolga javob berishni erishgan rekordlari bilan javob qaytaradigan boʻlib qolgan. Hech kim uning 8 ta chempionatni yutganini inkor qilayotgani yoʻq. Uning qolgan 17 sovrinlari ham kattami, kichikmi oʻz ahamiyatiga ega. Biroq uning “Old Trafford”dagi ishlari yurishmayotgani uning obroʻsi biroz tushib borayotganidan darak bermoqda.

“Byornli”ga qarshi oʻyinda muxlislar oʻz sevimlilari hamon “jangda”, barcha kurashashishga shay ekanliklarini tomosha qilish umidida edi. Ular oʻzlariga yoki shuhratlariga soya tushib qolishni hayollariga ham keltirgani yoʻq.

“MYU” muxlislari portugaliyalik murabbiy “Chelsi”dan nima yutgani bilan ham ishi yoʻq. Ularni faqat Mou “MYU” uchun nima yutishi mumkinligi qiziqtiradi. Shu tufayli “Real” va “Inter”ning sobiq murabbiyi “hurmacha qiliqlar”ini yigʻishtirib ishga jiddiy kirishishi kerak.

Chempionatning startidayoq ikkita magʻlubiyatni qabul qilib olgan “Manchester Yunayted” turnir peshqadamlari “Liverpul” va “Chelsi”dan 9 ochko qolib ketgan.

Mourino oʻtmishini aytib maqtanmasligi, oʻtgan mavsumdagi ikkinchi oʻrinni sovrin sifatida koʻrmasligi kerak. Chunki klub bu mavsumda ham omadsizlikka yuz oʻgirsa, muxlislar kechirmasligi aniq.

Mourinoning oldida faqatgina bir yoʻl bor: portugaliyalik murabbiy dunyoning eng zoʻri boʻlib qolishi uchun “Manchester Yunayted”ni yaqin kelajakda yana chempionlik sari yetaklashi kerak.

Shundan keyingina unga maqtanish yarashadi. Ungacha esa kamroq gapirib, koʻproq ishlashi talab etiladi.
Erkinjon Gʻaybullayev


Manba: Sports.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mourino hamon dunyoning eng zoʻr murabbiyimi?