18:41 / 09.09.2018
5 452

Shahram Gʻiyosov navbatdagi eng kuchli raqibini maʼlum qildi (foto)

Shahram Gʻiyosov navbatdagi eng kuchli raqibini maʼlum qildi (foto)
Boks boʻyicha Rio Olimpiadasi sovrindori, jahon chempioni Shahram Gʻiyosov prof ringdagi beshinchi jangini 22 sentyabr kuni Londondagi “Uembli” stadionida oʻtkazadi. Bokschining oʻz sahifasida maʼlum qilishicha, navbatdagi raqib Julio Laguna boʻladi.

Nikaragualik bu bokschi professional ringdagi faoliyatini 2015 yilda boshlagan va shu vaqtgacha 14 jang oʻtkazib, barchasida gʻalabaga erishgan, shundan 10ta jangda raqiblarini nokautga uchratgan.

Shahram Gʻiyosovning oʻzi ham bu safargi raqibi eng kuchlisi ekanini qayd etib oʻtgan.

Joriy yilning martida professional boksdagi debyutini amalga oshirgan Shahram Gʻiyosov esa shu vaqtga qadar 4 marta ringga koʻtarilib, barcha janglarda gʻalabaga erishgan.

Shahram Gʻiyosov shu yilning 11 mart kuni Nyu-Yorkda oʻtkazilgan jangda argentinalik raqibi Nikolas Velaskesni (10-0-2) birinchi raundning 7-soniyasidayoq polga qulatdi. U aprel oyida Bruklinda vengriyalik Gabor Gorbisni (24-0-10) 6 raundlik jang yakuniga koʻra yengdi, 15 iyul kuni meksikalik Daniel Echeverriyani (19-0-5) nokautga uchratdi, 17 avgust sanasida esa ganalik Albert Mensani (31-1-7) nokautga uchratgan holda gʻalabaga erishdi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shahram Gʻiyosov navbatdagi eng kuchli raqibini maʼlum qildi (foto)