13:57 / 10.09.2018
4 033

Keyrushning nayranglari Kuperga ham oʻtadimi? Yoxud Oʻzbekiston - Eron uchrashuvlari tarixiga nazar (video)

Keyrushning nayranglari Kuperga ham oʻtadimi? Yoxud Oʻzbekiston - Eron uchrashuvlari tarixiga nazar (video)
Xabaringiz bor, 11 sentyabr kuni poytaxtimiz yana bir futbol bayramiga mezbonlik qiladi. Shu kuni vakillarimiz “Milliy” stadionida fors yurti vakillariga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushishadi.

Shuni qayd etish lozimki, vakillarimiz hali eronliklarni hali biror marotaba boʻlsin Toshkentda yengishning uddasidan chiqa olishmagan. Statistik maʼlumotlarga qiziquvchilar uchun aytishimiz mumkinki, hamyurtlarimiz oʻtkazilgan 7 oʻyindan 5 tasida ikkinchi boʻlimda oʻz darvozalaridan 6 ta gol olib chiqishga majbur boʻlishgan. Faqat 1 ta oʻyinda forslar darvozamizning har 2 boʻlimda ham ishgʻol etishning uddasidan chiqishgan. Umuman olganda, hamyurtlarimiz forslarni 1 ta uchrashuvda magʻlub etishgan boʻlsa, qolgan 6 ta oʻyinda raqib gʻalabani “ilib” ketgan. Shuningdek, soʻnggi 4 oʻyindan buyon futbolchilarimiz Eronga qarshi oʻyinni boshi egik holda tark etishmoqda.

Endi bevosita oʻyinlar tarixiga toʻxtaladigan boʻlsak, Oʻzbekiston va Eron terma jamoalari oʻrtasidagi dastlabki bahs 2007 yilgi Osiyo chempionatiga toʻgʻri keladi. “S” guruhining 1-turi doirasida oʻtkazilgan bahsda Rauf Inileyev boshqaruvidagi jamoa 2:1 hisobida imkoniyatni boy berib qoʻygandi. Xususan, oʻsha oʻyinda hamyurtlarimiz tomonidan uyushtirilgan qarshi hujumda Ulugʻbek Baqoyev tomonidan uyushtirilgan bosim oqibatida eronlik himoyachi Rahmon Rizoi dosh berolmay, bosh bilan oʻz darvozasini ishgʻol qilib qoʻygandi.

Shu bilan oradan oʻtgan 5 yil badaliga har ikkala terma jamoa oʻzaro birorta bahs oʻtkazmadi va 2012 yilning iyun oyida Braziliyada oʻtkaziladigan Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida oʻzaro toʻqnash kelishdi. “Jar” stadionida oʻtgan bahs aslida Vadim Abramov shogirdlarining toʻla ustunligida oʻtgandi. Futbolchilarimiz hatto forslarni oʻz jarima maydoni ichiga qamab qoʻyishning ham uddasidan chiqishgandi. Ammo oʻsha oʻyinga qoʻshib berilgan 4 daqiqa oʻyin taqdirini umuman oʻzgartirib yuborgandi. Xususan, avvaliga Ignatiy Nesterov tomonidan uzatib berilgan toʻp uchun kurashda Lutfulla Toʻrayev Andranik Temuryanga imkoniyatni boy berib qoʻygandi. Aynan 14-raqamli yarim himoyachi tomonidan uyushtirilgan qarshi hujum yakunda Muhammad Rizo Xalatborining 90+3-daqiqada urilgan goli bilan yakun topgandi.

Terma jamoamizning forslarga qarshi 3-oʻyini “Ozodi”da oʻtkazilgan edi. Toshkentdagi bahsdan yetarli xulosa chiqargan vakillarimiz forslarni oʻz maydonida magʻlub etishning uddasidan chiqishgan edi. Toshkentdagi bahsdan soʻng oʻtkazilgan javob oʻyinidan farqli ravishda Mirjalol Qosimov boshchiligidagi jamoa himoyaviy oʻyin evaziga gʻalaba qozonishgan. Xususan, 71-daqiqada Server Jeparov tomonidan amalga oshirilgan jarima zarbasidan soʻng Ulugʻbek Baqoyev raqib darvozasini ishgʻol qilgandi. Oʻsha gʻalaba terma jamoamiz uchun forslar ustidan qozonilgan yagona muvaffaqiyat boʻlib turibdi.

Oʻsha oʻyindan keyin vakillarimiz hozirgacha hamyurtlarimiz biror oʻyinda gʻalaba qozonish tugul durang natijani ham qoʻlga kirita olishmagan. Shu oʻrinda qiziqarli statistika, umuman, Oʻzbekiston va Eron terma jamoalari oʻzaro uchrashuvlar tarixida hali biror marotaba durangga imzo chekishmagan.

2015 yildan buyon futbolchilarimiz 2 marta Toshkentda 0:1 hisobida magʻlub boʻlishgan boʻlsa, Eronda 2:0 va 1:0 hisoblarida imkoniyatni boy berib qoʻyishgan.

Demak, 11 sentyabr kuni “Milliy” stadionida oʻtadigan bahs ikki terma jamoa oʻrtasidagi umumiy 8 oʻyin boʻladi. Ushbu uchrashuvda vakillarimizning 4 ta oʻyinlik magʻlubiyatli seriyasi yakun topadimi, degan savolga aniqlik kiritiladi.

Shu oʻrinda yana bir qiziq maʼlumot. 11 yil muqaddam terma jamoamizning Eronga qarshi oʻtkazilgan dastlabki uchrashuvida maydonga tushgan va umuman uchrashuv qaydnomasiga kiritilgan futbolchilardan Vitaliy Denisov, Anzur Ismoilov, Marat Bikmayev, Ignatiy Nesterov kabilar bugun yana forslarga qarshi maydonga tushishi mumkin.
Jasur Rahmon tayyorladi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Keyrushning nayranglari Kuperga ham oʻtadimi? Yoxud Oʻzbekiston - Eron uchrashuvlari tarixiga nazar (video)