15:26 / 10.09.2018
3 389

Denis Istomin AQSHdagi turnirda gʻalaba qozonib, navbatdagi titulini qoʻlga kiritdi

Denis Istomin AQSHdagi turnirda gʻalaba qozonib, navbatdagi titulini qoʻlga kiritdi
AQSHning Chikago shahrida erkaklar oʻrtasida tennis boʻyicha mukofot jamgʻarmasi 150 ming dollarni tashkil etgan “Chellenjer” musobaqasi yakuniga yetdi.

Oʻzbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin final bahsida amerikalik Reili Opelkaga qarshi kortga chiqdi va 2 set davom etgan bahsda 6:4, 6:2 hisoblarida gʻalabaga erishib, musobaqa gʻolibiga aylandi.

Istomin finalga qadar nikaragualik Marselo Arevaloni 6:4, 6:1, amerikalik Tommi Polni 7:5, 6:3, belgiyalik Ruben Bemelmansni 6:3, 6:4, amerikalik Born Frantenjeloni 6:1, 6:2 hisoblarida magʻlub etgandi.

Avgust oyi oxirida Osiyo oʻyinlari gʻolibiga aylangan Istomin uchun bu faoliyatidagi uchinchi titul boʻldi. Ayni vaqtda dunyoning 76-raketkasi boʻlib turgan Istomin 2012 yilda 33-oʻringacha koʻtarilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Denis Istomin AQSHdagi turnirda gʻalaba qozonib, navbatdagi titulini qoʻlga kiritdi