16:49 / 10.09.2018
3 576

Karlush Keyrush: “Erondan boshqa jamoalar bilan oʻyinda oʻzbekistonliklarga omad tilayman”

Карлуш Кейруш: "Эрондан бошқа жамоалар билан ўйинда ўзбекистонликларга омад тилайман"
Xabaringiz bor ertaga Oʻzbekiston terma jamoasi “Milliy” stadionida Eronga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Ushbu oʻyin oldidan matbuot anjumani tashkil etildi. Anjumanning dastlabki qismida Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Karlush Keyrush va Maʼsud Shojailar ishtirok etishdi va oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

- Biz ertaga Oʻzbekiston MTJga qarshi oʻyinni tashkil egani uchun OʻFAga minnatdorchilik bildiraman. Biz OʻFA bilan ajoyib va doʻstona munosabatlarga egamiz. OʻFA hamisha oʻrtoqlik uchrashuvi tashkil qilishni soʻraganimizda yoʻq demaydi. Bunday ijobiy va samimiy munosabat uchun tashakkur. Biz yaxshi shakllangan tajribali futbolchilardan tashkil topgan kuchli jamoaga qarshi toʻp suramiz. Bu bahs biz uchun rasmiy musobaqalar uchun katta tajriba boʻladi deb oʻylayman. Ektor Kuper qoʻl ostida ajoyib futbolchilar jamlangani shubhasiz. Biz Osiyo kubogiga tayyorgarlikni boshlaganmiz. Bu bahsda tajribali futbolchilar bilan birga, Eron terma jamoasining ertasi boʻlgan yoshlarga ham imkoniyat beramiz.

Masʼud Shojai: Oʻzbekistonda boʻlib turganimiz uchun OʻFAga minnatdorchilik bildiraman. Ertaga ikkita ajoyib jamoa shiddatli oʻyin koʻrsatishiga ishonaman va bu buhs muxlislarda yaxshi taassurot qoldiradi deb oʻylayman.

Karlush Keyrush: Sardor Azmun jahon chempionatidan soʻng baʼzi sabablarga koʻra terma jamoani butunlay emas balki bir fursatga tark etdi. Sardor Azmun mendan maslahat soʻraganida, men uning shaxsiy sabablari boʻlgani uchun vaqtincha terma jamoaga chaqirmaslikka rozi boʻldim. Maʼlum vaqtdan soʻng u muammolarini hal etib boʻlgach yana jamoamiz safiga qaytadi. Taʼkidlab oʻtishni istardimki, JCHdagi ishtirok Osiyo kubogida yordam bermaydi. Buning uchun biz tinimsiz mehnat qilishimiz, futbolchilarning ishtiyoqini oshirishimiz shart va shundagina bizga chempionlik nasib qilishi mumkin. Osiyo kubogiga Janubiy Koreya, Yaponiya, Oʻzbekiston terma jamoalari ham chempionlik uchun tashrif buyurishadi va ular bilan oʻyinlar oson boʻlmasligi aniq. Biz koʻproq ishlasakkina maqsadga yetamiz. Men shaxsiy fikrimni oshkor etishni koʻp ham lozim topmayman. Lekin bir fikrni aytishim mumkinki, Oʻzbekiston Ektor Kuperni olib kelib juda ham toʻgʻri qaror qabul qildi. Erondan boshqa jamoalar bilan oʻyinda oʻzbekistonliklarga omad tilayman.

Masʼud Shojai: Eron terma jamoasi soʻnggi yillarda Osiyoda yetakchiga aylandi. Biz doim buni tasodif emasligini isbotlash uchun maydonga tushamiz. Bu rasmiy musobaqa boʻlsa ham, oʻrtoqlik oʻyini boʻlsa ham shijoatni pasaytirishga xaqqimiz yoʻq.

Karlush Keyrush: Men Eron futbol federatsiyasi bilan yangi shartnoma tuzganimiz yoʻq. Biz federatsiya bilan ogʻzaki kelishuvga erishganmiz. Buni qogʻozdagina rasmiylashtirish qolgan. Eron terma jamoasida 7 yil ishlashimga sabab bu futbolchilar bilan oʻzaro ishonchdir. Eron bilan har xil natijalarga erishdik. Ijobiy va salbiy. Men futbolchilarga qanchaliy ishonsam ular ham menga shunday ishonch bilan javob qaytarishadi. Eron terma jamoasi futbolchilari mashgʻulot vaqtida ham oʻyin paytida ham maydonga bir xil kuchli ishtiyoq va shijoat bilan chiqishadi.

Masʼud Shojai: Karlush Keyrush terma jamoamizga kelgach, jamoamizning oʻyini kuchaydi va dunyoda mavqei oshdi. Shu sabab ham 7 yildan beri jamoamizda ishlab kelmoqda. Buning uchun biz undan juda ham minnatdormiz. Biz uni boshqa terma jamoaga qoʻyib yubormaymiz. (kuladi)

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Karlush Keyrush: “Erondan boshqa jamoalar bilan oʻyinda oʻzbekistonliklarga omad tilayman”