4 106
“Soʻgʻdiyona” va “Qizilqum” jamoalari oʻrtasidagi oʻyin jangovar durang bilan yakun topdi
Pepsi Superliganing 23-turidan oʻrin olgan “Soʻgʻdiyona” – “Qizilqum” uchrashuvi oʻz nihoyasiga yetdi. Jizzaxda boʻlib oʻtgan oʻyinda jangovar durang natija qayd etildi.
Oʻyin debyutidayoq Ivan Nagayev Elguja Grigalashvilining uzatmasidan soʻng darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi va hisobni ochdi. Birinchi boʻlimga qoʻshib berilgan vaqtda Shohruz Norxonov muvozanatni tikladi.
Ikkinchi boʻlimning ilk daqiqalari ham mehmonlarga omadi keldi: Muhsin Ubaydullayevning uzatmasidan soʻng Artur Gevorkyan qulay vaziyatga chiqib bordi va jamoasining ikkinchi golini urdi. Oʻyin yakunlanishi arafasida Nikola Milinkovich penaltini aniq bajarib jamoasini magʻlubiyatdan qutqarib qoldi.
Pepsi Superliga, 23-tur
“Soʻgʻdiyona” – “Qizilqum” 2:2 (1:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 8 Nagayev 8, 1:1 – 45+1 Norxonov, 1:2 – 53 Gevorkyan, 2:2 – 83, penalti Milinkovich.
“Soʻgʻdiyona”: Shirinboy Abdullayev, Sardor Qulmatov, Elyor Orifov (Tohir Shamsiddinov, 58), Sardor Azimov, Shohruz Norxonov, Shahboz Joʻrabekov, Sanjar Rashidov, Izzat Abdullayev (Kim Dong Xi, 62), Milash Simonovich, Nikola Milinkovich, Nuriddin Hasanov (Shohjahon Hasanov, 80).
“Qizilqum”: Yevgeniy Cheremisin, Erkin Boydullayev, Alisher Sanoyev, Fayzulla Qambarov, Artur Gevorkyan, Muhsin Ubaydullayev, Sherali Joʻrayev, Elguja Grigalashvili, Mirjalol Qosimov (Eldor Boymatov, 40), Ivan Nagayev (Nemanya Yovanovich, 69), Salim Mustafoyev.
Ogohlantirishlar: Qosimov (17), Qulmatov (18), Qambarov (82), Boymatov (90+2).
Manba: www.uff.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?