07:30 / 15.09.2018
2 626

Zidanning keyingi joyi qayer boʻlishi mumkin: “MYU”, “Yuventus” yoki “PSJ”?

Zidanning keyingi joyi qayer boʻlishi mumkin: “MYU”, “Yuventus” yoki “PSJ”?
“Real Madrid”ning sobiq bosh murabbiyi tez orada murabbiylik faoliyatini davom ettirishni istayotganini aytdi, shu sababli “Old Trafford” uning navbatdagi ish joyi boʻlishi mumkinligi ehtimoli yuqori. Biroq fransiyalik mutaxassis yana bir qancha klublarning asosiy nishoniga aylanishi mumkin. Xoʻsh, u qayerda faoliyatini davom ettirishi mumkin?

Oʻynagan davrida Zidan doimo uning futbolini gapirishga majbur qilgan. Futbolchilik faoliyatini yakunlagandan keyin 12 yil oʻtib yana futbol dunyosini u haqida soʻz yuritishga majbur qilmoqda.

“Men aniq tez orada murabbiylik faoliyatimni qayta tiklamoqchiman” – dedi u RTVE ispan telekanaliga bergan intervyusida – “Bu men qilishni yaxshi koʻradigan va butun hayotim mobaynida qilgan ish hisoblanadi.”

“Qirollik klubi”ni zamonaviy futboldagi erishish qiyin natija - qatorasiga uchinchi marta Chempionlar Ligasi sovrindoriga aylangtirgach klub boshqaruvidan ketgandi. Koʻrinib turibdiki, u “qayta zaryad” olgan va yangi chaqiruvlarga tayyor.

Uning sobiq termadoshi Klod Makalele Zidan ham maydonda, ham uning tashqarisida misli koʻrilmagan muvaffaqiyatlarga erishgani uchun istagan joyiga borishi mumkinligini taʼkidladi.

Yoki deyarli. Buning uchun boʻsh vakansiya boʻlishi kerak. 1998-yilgi Jahon Chempionati qahramonini futbol olamining nomdor jamoalaridan boshqa joyda tasavvur qilish qiyin.

Koʻpchilik tomonidan uni milliy terma jamoasini yetaklashini kutayotgandi, biroq Fransiyani ikkinchi marta Jahon chempioniga aylantirgan Didye Deshamning qolish haqidagi qarori Zinedin Zidanning rejalariga taʼsir koʻrsatdi. Endi Yevro – 2020 dan oldin buni roʻyobga chiqishi amri mahol.

Italiyada esa Zidan Massimilano Allegriga munosib voris boʻla olishiga ishonishmoqda.

Turinda maʼbud maqomiga ega sobiq pleymeyker u yerda oʻzini koʻrsata olishi mumkin. Boz ustiga, Ispaniyadagi faoliyatidan yaxshi tanish boʻlgan shogirdi Krishtianu Ronaldu ayni vaqtda “byankonerilar” hujumida javlon urishga kirishgan.

Roʻyxatda shuningdek, “Pari Sen-Jermen” ham bor. Ammo Zidanning “Marsel” bilan bogʻliq oʻtmishi ushbu ehtimoliy kelishuvga halal qilishi mumkin.

Boz ustiga yaqinda klub boshqaruviga kelgan Tomas Tuxel sabab ayni paytda buni amalga oshirishning iloji yoʻq.

Shu sababli uni oʻz safida koʻrishdan xursand boʻladigan eng ehtimoliy klub bu Joze Mourino bilan muammolar girdobiga kirib qolgan “Manchester Yunayted” boʻlishi mumkin. Premyer Liganing yangi mavsumida atigi ikkita gʻalabaga ega “qizil iblislar” Mouning hozirgi xulqi tufayli u bilan xayrlashishi mumkin.

Zidanning aytgan gaplari bosh murabbiy bilan OAV orqali “aytishayotgan” Ed Vudvordni qiziqtirib qoʻygan boʻlsa ajab emas.

“Mancheter Yunayted”ning ijrochi direktori yozgi transfer bozorida himoyani kuchaytira olmagani va klub nishonida turganlarni birin-ketin qoʻldan chiqargani sabab portugaliyalik murabbiyning koʻziga yomon koʻrinib qolgan.

“MYU” Zidanni qiziqtiradigan darajadagi jamoa hisoblanadi. Agarda Zidan tez orada murabbiylik faoliyatini tiklashi haqidagi xabarlar aniq boʻlib chiqsa “MYU” tanlovi mantiqan toʻgʻri qaror boʻlardi.

Maydonda Zidan sehrli va oʻzgaruvchan xarakterga ega, kutilmagan ishlarni bajarishga qodir edi. Endi biz u zaxira oʻrindigʻida ham “chaqilmagan yongʻoq”mi kuzatamiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Zidanning keyingi joyi qayer boʻlishi mumkin: “MYU”, “Yuventus” yoki “PSJ”?