10:24 / 15.09.2018
3 399

Ilhom Moʻminjonov: “Biz maydonga qarab emas, raqibdan kelib chiqib oʻynaymiz”

Илҳом Мўминжонов: "Биз майдонга қараб эмас, рақибдан келиб чиқиб ўйнаймиз"
Superliganing 23-turi doirasidagi “Navbahor” - “Paxtakor” (3:3) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Ilhom Moʻminjonov qatnashdi.

- Bugun Oʻzbekistondagi eng kuchli jamoaga qarshi oʻynadik. Uchrashuv muxlislarga yoqdi, deb oʻylayman. Chunki gollar-shousiga guvoh boʻlishdi. Meni xursand qilgan jihat shuki, futbolchilar oʻyinni 90 daqiqa oʻynash kerakligini tushunishdi va hakam hushtagiga qadar kurashishdi. Oʻyinga tanlangan taktika ishladi. Toʻgʻri, bugun koʻp gol oʻtkazib yubordik. “Navbahor” men kelganimdan buyon Namanganda hech qachon uchta gol qoʻyvormagandi. Ammo bu “Paxtakor” ekanligini unutmaslik kerak. Futbolchilarga oxirigacha kurashishgani va futbol oʻynashgani uchun rahmat aytaman.

- Jamoa sardori bogʻichini Davron Hoshimovda koʻrish kutilmagan voqea boʻldi. Toʻgʻri, avvalgi bahslarda jamoani sardor sifatida yetaklab tushgan Mehmonov oʻyinni oʻtkazib yubordi. Lekin maydonda Dilshod Jabborov ham harakat qilayotgandi...

- Bugun ikkita futbolchimiz - Oʻrunov va Mehmonov oʻynamadi. Jamoa sardorini esa futbolchilar tanlashdi. Endilikda yil oxiriga qadar jamoani Hoshimov sardor sifatida maydonga boshlab tushadi. Uning sardorlik oʻyini aynan “Paxtakor”ga qarshi uchrashuvda boshlandi. Bugun Hoshimov toʻrtinchi ogohlantirishni oldi va kelasi oʻyinni oʻtkazib yuboradi. Keyingi bahsda yana boshqa sardorni koʻramiz (kuladi).

- Bugun Oʻzbekistonning eng kuchli jamoasiga qarshi oʻynadik dedingiz. Bu bilan “Paxtakor”ni “Lokomotiv”dan kuchli demoqchimisiz?

- Yoʻq, yoʻq. Oxirgi besh yilni hisobga olib bu gapni aytdim. Chunki oxirgi yillarda “Loko” va “Paxtakor” chempionlik shohsupasidan pastga tushmayapti. Ammo “Bunyodkor”ni ham unutmaslik kerak. “Paxtakor” eng kuchli jamoalardan biri. Chunki har bir futbolchi “Paxtakor” nomini eshitganda bir koʻz oldiga yirik va kuchli jamoa gavdalanadi.

Superliganing kuchli-oltiligida oson jamoaning oʻzi yoʻq. Chempionlik uchun kurash esa davom etadi. Biz maydonga qarab oʻynamaymiz, aksincha raqibdan kelib chiqib oʻyin quramiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ilhom Moʻminjonov: “Biz maydonga qarab emas, raqibdan kelib chiqib oʻynaymiz”